Get Mystery Box with random crypto!

Har bir zamonaviy kasb haqida alohida ma’lumot bermoqchi edim, | BREND BU - MEN! ✨

Har bir zamonaviy kasb haqida alohida ma’lumot bermoqchi edim, lekin hammasi haqida bitta postda yozib qo’ya qolaman. Chunki, bu kasblar bir-biri bilan uzviy bog’liq. Bir-birini to’ldiruvchi kasblar hisoblanadi.

Smm menejer - ijtimoiy tarmoqlar marketingi bilan shug’ullanib, qolgan barcha kasblar boshqaruvchisi hisoblanadi. (Agar o’z komandasida shu kasb vakillari bo’lsa…)

Targetolog - sizning MAni topib, sotuvingizni oshirishda aniq nishonga olib beruvchi shaxs.

Sotuv menejeri - sizning biznesingiz uchun eng kerakli shaxs. Sotuv menejeringiz qanchalik professional bo’lsa, shuncha mijozlar oqimingiz bardavom bo’ladi.

Kontent menejer - ijtimoiy tarmoqlarda biznesingiz yuritilish plani va taxminiy “ko’rinishi” bilan shug’ullanuvchi “marketolog”.

Marketolog - biznesingizni daromadini oshirish uchun , strategiyasini tuzib, tizimlashtirib beruvchi shaxs.

Mobilograf - kam xarajat videomeyker. Minimal imkoniyatlardan foydalanib, maksimal professional video yaratib beruvchi “sehrgar”.

Stories maker - instagram akkauntingiz uchun, siz va xizmatlaringiz haqida to’liq ma’lumotlar bazasini yaratuvchi kreativ shaxs.

SEO - sayt optimizaciya va reklamsi. Biznesingiz poydevori desa ham bo’ladi.

Kopirayter va dizaynerlar haqida oldingi postlarimda ma’lumot qoldirdim.

Qaysi soha vakili bo’lishingizdan qat’iy nazar bu kasb egalari vazifalari haqida ma’lumotga ega bo’lsangiz, ulardan kamida nima talab qilishni bilasiz va sizni “aldab” keta olmaydi hech kim

Kuningiz sevgida o’tsin!

Telegram | Instagram