Get Mystery Box with random crypto!

#9mayXotiravaqadrlashkuni Hurmatli faxriylar, aziz yurtdoshl | Бозор

#9mayXotiravaqadrlashkuni

Hurmatli
faxriylar, aziz yurtdoshlar! Barchangizni 9-may — Xotira va Qadrlash kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Inson sha’ni, qadr-qimmati ulug‘vor hisoblangan mamlakatimizda 9-may o‘tganlarning porloq xotirasini yodga olish, tabarruk yoshdagi azizlarimizga hurmat, ehtirom ko‘rsatishdek xalqimizga xos bebaho qadriyatni o‘zida mujassam etgan qutlug‘ kundir.

Urushda halok boʻlgan har bir oʻzbekistonlik — Vatanimiz farzandi edi. Ularni yoddan chiqarishga hech birimizning haqqimiz yoʻq.

Ushbu muborak sana yana bir karra yurt tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida kamarbasta bo‘lganlarning jasorati hamisha mangu qolishi, el farovonligi, yurt tinchligi uchun fidokorona mehnat qilganlar hamisha e’zozda ekanligini ko‘rsatadi.

Ona Yurtimizni ardoqlashga, ezgu amallarni bajarishga undovchi qutlug‘ bayram barchaga muborak bo‘lsin!

Kanalga ulaning
:

@BOZOR_UY_VODIY
@UY_ANDIJON_BOZOR