Get Mystery Box with random crypto!

Bugun viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliy | Boyovut ovozi | RASMIY ️

Bugun viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliyev viloyatimizda faoliyat yurituvchi bir guruh o‘qituvchi va murabbiylar bilan bir piyola choy ustida uchrashuv o‘tkazdi.

Samimiy muloqot shaklida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Davlatimiz rahbarining kuni kecha “Ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir!” mavzusidagi zamonaviy darsliklar ko‘rgazmasi doirasida maktab o‘qituvchilari bilan uchrashuvlarida ilgari surilgan fikrlar, tashabbuslar hamda belgilab berilgan rejalar yuzasidan suhbatlashildi, viloyatimiz maktablarida ta’lim-tarbiya sifatini oshirish masalasida o‘zaro fikr almashildi.

Viloyatimizda ta’lim sohasini yaxshilash borasida kelgusi yil uchun belgilab olingan rejalar va maqsadlar, ularni amaliyotga samarali tadbiq etish yo‘llari yuzasidan tajribali o‘qituvchilar o‘z fikrlarini bildirdilar.

Kanalga ulanish: @Boyovutliklar