Get Mystery Box with random crypto!

Boyovutda yangi maktab foydalanishga topshirildi Sirdaryo vil | Boyovut ovozi | RASMIY ️

Boyovutda yangi maktab foydalanishga topshirildi

Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida Investitsiya dasturi doirasida moliyalashtirilgan yangi maktab foydalanishga topshirildi.

Kirib kelayotgan “Insonga e'tibor va sifatli ta'lim” yili avvalida “Bekat” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi uchun qo‘shaloq quvonch olib keldi.

Ushbu maktabda jami 9 mlrd 450 mln so'm mablag' evaziga 240 o'rinli eski binosi to'liq rekonstruksiya qilindi va 360 o'rinli yangi bino qurib, foydalanishga topshirildi.

-"Davlatimiz rahbari - "Najot ta'limda, najot tarbiyada, najot bilimda" deb bekorga aytmaganlar. Ertangi kunimiz farzandlarimizning qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq" – deydi maktab direktori Olloberdi Islomov.

Ochilish marosimiga yig'ilgan mehmonlar maktabdagi shart-sharoitlar bilan atroflicha tanishdi. Mavjud shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, ayniqsa, yoshlarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun bor imkoniyatlarni ishga solish zarurligi ta’kidlandi.

Kanalga ulanish: @Boyovutliklar