Get Mystery Box with random crypto!

Sirdaryoda bayram kunlari tibbiyot muassasalari uzluksiz ishla | Boyovut ovozi | RASMIY ️

Sirdaryoda bayram kunlari tibbiyot muassasalari uzluksiz ishlaydi

Davlatimiz rahbarining tegishli farmoniga ko‘ra, Yangi yil bayramida yurtdoshlarimiz 31 dekabrdan 4 yanvargacha ketma-ket 4 kun dam oladi. Ana shu davrda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimidagi quyidagi davolash-profilaktika muassasalarining 1500 nafar tibbiyot xodimi qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatadi:

— 36 ta oilaviy poliklinika,
— 54 ta oilaviy shifokor punkti,
— tuman va shahar shifoxonalari,
— ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va ularning hududiy bo‘limlari.

Shuningdek, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning viloyat filiali va hududlardagi 11 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul bo‘limi hamda Oqoltin va Sirdaryo tumanlaridagi tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari bo‘limida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi. Ushbu muassasalar zarur dori-darmonlar bilan ta’minlanib, zaxira o‘rinlari yaratilgan.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining Call-markaziga (1003), 67-225-00-37, navbatchilik shtabiga 67-225-00-33, 67-225-48-04 telefon raqamlari o‘rnatilgan. Tibbiyotga tegishli savollaringizga malakali mutaxassislardan kechayu kunduz javob olishingiz mumkin.

Kanalga ulanish: @Boyovutliklar