Get Mystery Box with random crypto!

SAVOL: Meni ishim maktab miqyosida ommalashtirilgan, bu boʻyic | Boyovut mat akt

SAVOL: Meni ishim maktab miqyosida ommalashtirilgan, bu boʻyicha pedagogik kengashning ijobiy qarori qabul qilingan. Ammo ommalashtirish.uz saytiga yuklanib sertifikat olinmagan. Direktor jamg’armasidan ustama belgilashda “Ish tajribasi maktab miqyosida ommalashtirilganda” mezoni boʻyicha maktab ishchi guruhi 7 ball berishni rad qilyapti shu toʻgʻrimi?

JAVOB: Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 25-avgustdagi 279-sonli buyrugʻi bilan “Oʻqituvchilarning ilgʻor tajribasi va faoliyati davomida qoʻllab kelayotgan zamonaviy metodikalarni ommalashtirish tartibi” tasdiqlangan.
Mazkur tartibning 7-bandida: “Metod birlashma tavsiyasi asosida Pedagogik kengash talabgorning ijobiy xulosa olgan metodik ishini maktab miqyosida ommalashtirish yoki ommalashtirishni rad etish boʻyicha qaror qabul qiladi” deb belgilangan. Shuningdek mazkur tartibning 8-bandida: Talabgor ilgʻor ish tajribasini tuman (shahar), hudud (viloyat) va respublika miqyosida ommalashtirish uchun maxsus platformada talabgorning shaxsiy kabinetiga hujjatlar joylanishi lozimligi haqida keltirib oʻtilgan.
Bundan koʻrinadiki, oʻqituvchining ish tajribasi tuman (shahar), hudud (viloyat) va respublika miqyosida ommalashtirilgandagina unga sertifikat beriladi va ommalashtirish.uz platformasida koʻrinadi. Sizning ishingiz maktab miqyosida ommalashtirilganligi uchun maktab pedagogika kengashining qarori yetarli va ustama belgilashda “Ish tajribasi maktab miqyosida ommalashtirilganda” mezoni boʻyicha maktabda tuzilgan ishchi guruh sizdan qoʻshimcha hujjat talab qilishga haqli emas.