Get Mystery Box with random crypto!

Yaqinlarim ichida qalbi ummonim, Hech kimga o‘xshamas eng qadr | Boyovut mat akt

Yaqinlarim ichida qalbi ummonim,
Hech kimga o‘xshamas eng qadrdonim.
Qalbi toza, dili pok, shirin zabonim,
Sizni doim asrasin parvardigorim.

Har yil ikki hayit ko‘rish nasib aylasin,
Olloh har qadamda sizni asrasin.
Kimlardir yeta olmagan ka’batullohga
Ollohim kel deya sizni chorlasin.

Yurtimiz tinch, tanu-joningiz, yaqinlaringiz salomat bo‘lsin. Kasbu-koringizga ollohim baraka bersin.
Qurbon hayit ayyomingiz muborak bo‘lsin!
@boyovut_matematiklar