Get Mystery Box with random crypto!

Xalqaro sertifikat olish bo‘yicha onlayn muloqot va MASTER-KLA | Boyovut mat akt

Xalqaro sertifikat olish bo‘yicha onlayn muloqot va MASTER-KLASSga taklif etamiz!

Prezidentning 11.05.2022 yildagi PF-134-son Farmonning 9-bandiga koʻra xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlgan pedagoglarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanishi belgilangan.

Shu jumladan, GMAT (Graduate Management Admission Test – Quantitative Reasoning matemetika bloki) sertifikat imtihonida maksimal 51 balldan 37 ball va undan yuqori ball to'plagan matematika fani o‘qituvchilari 3 yil davomida har oylik oyligiga qo'shimcha 50% miqdorida ustama oladi.

Ko‘pchilik o‘qituvchilar ushbu imtihon tartiblaridan yaxshi xabardor emasliklari uchun ham topshirishdan qo‘rqib turishadi.

Ushbu imtihon haqida batafsil ma‘lumot berish va ustozlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarish maqsadida bugun, 22-aprel kuni soat 20:00da Ta’lim nazorati kanali (@uztdi)da bir necha xalqaro olimpiadalar g‘olibi hamda GMAT imtihonida 51 balldan 50 ball olgan Abbosxon Sayliev bilan onlayn muloqot va MASTER-KLASS tashkil etilmoqda.

Mavzu bo‘yicha savollaringizni hamda yana qaysi mavzular bo‘yicha onlayn muloqot tashkil qilish bo‘yicha istaklaringizni Ta’lim nazorati kanalining murojaatlar boti (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Muloqotni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalga obuna bo‘ling
https://t.me/uztdi