Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum qadrli yurtdoshlar ! Sizlarni, vatanimizdagi | Boyovut Live 🔴 Расмий Канал

Assalomu alaykum qadrli yurtdoshlar !

Sizlarni, vatanimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni, butun xalqimizni mehr-oqibat, ezgulik ayyomi – muborak Ramazon hayiti bayrami bilan samimiy tabriklayman.

Bugungi qutlug‘ bayramda barchamiz mana shunday fayzli va barokatli kunlarga yetkazgani uchun Olloh taologa cheksiz shukronalar aytamiz. Muborak hadislarda aytilganidek, ikki dunyo saodatini o‘ylab yashagan inson, xalq hech qachon kam bo‘lmaydi. Yurtdoshlarimizning mana shu muborak oyda qilgan barcha ibodatlari, ezgu niyatlari ijobat bo‘lishini tilab qolaman!

Barchangizni muqaddas Ramazon hayiti bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman. Jonajon O'zbekistonimizda tinchlik, ahillik, fayzu baraka bardavom bo‘lsin!

Boyovut tumani hokimi, senator Dilfuza Uralova

https://t.me/Boyovut_Live