Get Mystery Box with random crypto!

Boyovut tumanida ehtiyojmand oilalar xonadonlariga quyosh suv | Boyovut Live 🔴 Расмий Канал

Boyovut tumanida ehtiyojmand oilalar xonadonlariga quyosh suv isitish panellari o‘rnatilmoqda

Buning uchun "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasidan 112,5 million so‘m mablag‘ ajratildi. Ushbu mablag‘lar evaziga 15 nafar "Temir daftar"da ro‘yxatda turgan ehtiyojmand, nogironligi bor fuqarolar xonadonlariga quyosh suv isitish panellari o‘rnatish ishlari boshlandi. Bu kabi xayrli ishlar kelgusida yana davom ettiriladi.

Shuningdek, 2023-yilda tumanimizdagi ijtimoiy va iqtisodiy soha tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlariga ham quyosh panellari o‘rnatish rejalashtirilgan. Avvalroq Boyovut tumani hokimligi hamda Boyovut tumani hokimligi Moliya va iqtisodiyot bo'limi binosiga quyosh panellari, "Temir daftar" ro'yxatida turuvchi 9 nafar oilaga ham quyosh suv isitish panellari o‘rnatilgani haqida xabar bergan edik.

Kanalga ulanish: @Boyovut_Live