Get Mystery Box with random crypto!

Boyovut tumani hokimligi maʼmuriy binosiga quyosh panellari o‘ | Boyovut Live 🔴 Расмий Канал

Boyovut tumani hokimligi maʼmuriy binosiga quyosh panellari o‘rnatildi

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan har bir shahar va tuman hokimliklari maʼmuriy binosiga quyosh elektr panellarini o‘rnatilishi belgilangan. Mazkur panellar kuni kech Boyovut tumani hokimligi binosiga ham o‘rnatilib, to‘liq quvvatda ishga tushirildi.

Quyosh panellarini o‘rnatishdan asosiy maqsad, elektr energiyasi va bunga sarflanayotgan mablag‘larni tejash, ushbu tejalgan energiyani olis hududlarga yo'naltirishdan iboratdir.

Taʼkidlash joizki, bu quyosh panellari yoz va boshqa quyoshli oylarda 2 karra ko‘proq samara berishi ilmiy isbotlangan.

@Boyovut_Live