Get Mystery Box with random crypto!

Tinch va obod yurtga bayramlar yarashadi Ertaga, kun davomida | Boyovut Live 🔴 Расмий Канал

Tinch va obod yurtga bayramlar yarashadi

Ertaga, kun davomida Guliston shahridagi “Bilimdonlar maskani”, “Yurt bayrog‘i markazi”, viloyat musiqali drama teatri va istirohat bog‘ida "Har kuning Navro‘z bo‘lin, jonajon yurtim!" shiori ostida bayram sayillari bo‘lib o‘tadi.

Unda milliy o‘yinlar, sport musobaqalari, konsert dasturlari, shuningdek, milliy taomlar ko‘rgazmasi ham namoyish qilinadi.

Shuningdek, soat 19.00da amfiteatrda Ozodbek Nazarbekov, Toxir Sodiqov, Abdurashid Yo‘ldoshev, "Sahar" guruhi (retro), Hamdam Sobirov, Jasur Umirov va Jaloliddin Ahmadaliyev kabi elimiz suygan san’atkorlar, "Dizayn" jamoasi hamda viloyatimizning taniqli ijodkorlari ishtirokida konsert dasturi o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu tomosha va konsert dasturlari mutlaqo bepul.

Boyovutliklar qoʻshiling va tezroq ulashing.
@Boyovut_live