Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi Boyovut tumanida joriy yilning yanvar-fevral oylar | Boyovut Live 🔴 Расмий Канал

#Bilasizmi

Boyovut tumanida joriy yilning yanvar-fevral oylari davomida "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi mablag'lari hisobidan jami 175 mln 827 ming so'm mablag' ajratilgan.

Ushbu mablag'lar:

-"Ijtimoiy himoyaga muhtoj" oila ro'yxatida turuvchi 53 nafar fuqarolarga 142 mln 858 ming so‘m mablag' sog‘ligini tiklash va davolanish uchun;

-"Temir daftar" ro'yxatida turuvchi 78 nafar fuqarolarga oziq ovqat mahsulotlari uchun 17 mln 082 ming so'm;

-tabiiy ofat natijasida yashash xonadonida yong'in sodir bo'lgan 1 nafar fuqaroga 5 mln so'm hamda boshqa mablag'larni tashkil etadi.

Boyovutliklar qoʻshiling va tezroq ulashing.
@Boyovut_live