Get Mystery Box with random crypto!

“Yashil makon”: Boyovut tumanida bahorgi ko'chat ekish mavsumi | Boyovut Live 🔴 Расмий Канал

“Yashil makon”: Boyovut tumanida bahorgi ko'chat ekish mavsumi boshlab yuborildi

Boyovut tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasining bahorgi mavsumida jami 1 million 207 ming tup manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan. Shundan mavsum davomida 360 ming dona qalamcha va 847 ming tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekiladi .

Hozirda loyiha asosida ko‘chat ekish ishlari samarali olib borilmoqda. Bugungi kun holatiga tumandagi korxona va tashkilotlar hududlari, xonadonlar, ko‘p qavatli uylar atroflari, avtomagistral yo‘l yoqalari, dala maydonlarining chetlariga 73 ming tup daraxt ko‘chatlari va qalamchalar ekildi.

Boyovutliklar qoʻshiling va tezroq ulashing.
@Boyovut_live