Get Mystery Box with random crypto!

#Diqqat Umumxalq xayriya hashari sanasi ko‘chirildi Avvalroq, | Boyovut Live 🔴 Расмий Канал

#Diqqat Umumxalq xayriya hashari sanasi ko‘chirildi

Avvalroq, "Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki" shiori ostida 2023-yil 11-mart kuni umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi haqida avval xabar berilgan edi. Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi asosida ushbu umumxalq xayriya hashari Navro‘z umumxalq bayrami va muborak Ramazon oyi arafasida hamda tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida 2023-yil 11-martdan 18-mart kuniga ko‘chirildi.

Eslatib o‘tamiz, hashar mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar, bolalar maydonchalari va boshqa joylarni obodonlashtirish, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkaziladi.

Boyovutliklar qoʻshiling va tezroq ulashing.
@Boyovut_live