Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistonda yangi “IT Park University” onlayn universiteti t | IT Center - Boyovut tumani

O‘zbekistonda yangi “IT Park University” onlayn universiteti tashkil etilmoqda

Yangicha formatdagi oliygoh asoschilari IT Park va “EPAM Systems” kompaniyasi hisoblanadi.

Universitet dasturi bitiruvchilar uchun zamonaviy va yuqori talabga ega IT kasblarini egallashga qaratilgan. O‘quv jarayoni aralash, asosan onlayn tarzda olib boriladi. Endilikda respublikaning turli burchaklaridan kelgan talabalar Toshkentga ko‘chib o‘tish zaruratisiz zamonaviy, talabgir IT mutaxassisligini egallashlari mumkin bo‘ladi.

Mutaxassisliklar:
Web Developer
Networks Engineer
Software Tester
Backend Developer (Java)
Mobile Developer (Android)
Front-End Developer
QA Engineer
Big Data Engineer

Ham uydan turib, ham IT Park ofislarida ta’lim olish imkoniyati mavjud. Bakalavriat bo‘yicha oʻqish muddati 3 yil va ta'lim asosan ingliz tilida olib boriladi.

Kirish imtihonlari 2022-yil 25-iyundan boshlanadi.

Batafsil ma’lumot uchun quyidagi havola orqali ariza toʻldiring: https://itpu.uz/ .