Get Mystery Box with random crypto!

💲BOYLIK.UZ

Telegram kanalining logotibi boylik_uz — 💲BOYLIK.UZ B
Telegram kanalining logotibi boylik_uz — 💲BOYLIK.UZ
Kanal manzili: @boylik_uz
Toifalar: Biznes , Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 2.10K
Kanalning ta’rifi

⚡ Ishoning SIZ eng zo'r kanaldasiz❗
📈 Avval IQTISOD, keyin Siyosat
💰 Boylik va Omad sirlari
💲 Biznes START-UP
⭐️Milliarderlar maslahati
🔍Biznes Motivatsiyalar
--
REKLAMA BO'LIMI:
👉 @Tadbirkorlar_uz
Talab va Takliflar bn:
👉 @SapayevTG

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2021-02-14 16:31:40
Bir kuni dunyoning eng boy kishilaridan biri-Bill Geytsni intervyuga chaqirishdi.

Jurnalist ayol Billdan muvaffaqiyatga erishuvchilar va mag‘lublar orasida qanday farq bor, qanday qilib muvaffaqiyatga erishish mumkin deya savol berdi.

Bill cho‘ntagidan pul miqdori yozilmagan chekni chiqardi va jurnalistga uzatib "Bu yerga hohlagan raqamlaringizni yozishingiz mumkin, qancha kerak bo‘lsa oling",- dedi. Jurnalist esa — Janob men buni nazarda tutganim yo‘q, bu menga kerak emas, dedi. Shunda Bill Geyts unga "Siz hozir imkoniyatdan foydalanib dunyoning eng boy insonlaridan biriga aylanishingiz mumkin edi. Farq ham aynan shunda, muvaffaqiyatga erishganlar, hech ikkilanishsiz imkoniyatni qabul qiladi, o‘tkazib yubormaydi. Siz kabi ikkilanuvchi va tavakkaldan qo‘rquvchilar esa hech qachon muvaffaqiyat qozona olmaydi. Ular dunyo qarashini o‘zgartirishi kerak" deya javob berdi.

@Boylik_uz
495 viewsedited  13:31
Ochish/sharhlash
2021-02-13 22:06:23
Gap qanaqa biznes boshlashda emas - uni qanday boshlashda.

Bizning kichik shaharchamizni o’zida men 10-tacha somsaxona borligini bilaman. Agar biror odamga “somsaxona och” desangiz, u “qadamiga somsaxona-ku” deydi. Yangi paynet ochasizmi, katta tikuv seximi yoki oddiy somsaxonami, gap qanaqa biznes boshlashda emas - uni qanday boshlashda.
Avvalo nom bering (iltimos faqat “Somsa markaz” emas)
Ikkinchi o’rinda mahsulotingiz sifatli bo’lsin va ajralib tursin (masalan hamrini qatli qiling)
Maxsulot va xizmatlaringizni qamrovini keng oling va har qanday haridorni qondira oladigan mahsulotlarni taklif qiling (Masalan 1 000 so’mlik qovoq yoki ko’k somsadan tortib bittasi 20 000 so’mlik jizzax somsagacha tayyorlang)
Bepul xizmat va mahsulotlar qo’shing (masalan novvot choy yoki limon choy)
Ko’proq olgan odamga chegirma qiling (masalan 5 ta somsa olsangiz 6 chisi bepul, (bunda sotib olingan somsalarining eng orzoni qo’shib beriladi))
davomi


@Boylik_uz
.
867 viewsedited  19:06
Ochish/sharhlash
2021-02-13 22:06:23
Quvvat Restorani (tayyor biznes reja, Logotipi bilan)

Ko’chada telefonim quvvati ba’zida tugab qolgan yoki kam qolganidan bemalol ishlata olmagan xolatlari ham ko’p bo’lgan.

Kutib oling “Quvvat” restorani.
Hududingiz markazidan odam gavjun joydan bino ijaraga olib uni oshxonaga aylantirasiz.
Har bir stolga har qanday qurilmaga tushadigan universal 2-3 ta quvvatlagich o’rnatasiz.
Qarabsizki odamlar o’zlari ham telefonlari ham quvvatga to’ladi, sizning esa cho’ntagingiz pulga to’ladi.


@Boylik_uz
.
755 viewsedited  19:06
Ochish/sharhlash
2021-02-13 22:06:23
Agar kashta tikishni yaxshi bilsangiz va yaxshi ko’rsangiz unda kiyimlarga kashta tikish orqali yaxshigina daromad topishingiz mumkin.

5-6 xil kiyimlarga (har xil masalan egasining su’rati, tabrik, yoki ismini chiroyli bezaklar bilan tikilgan) kashta tiking
Eng yaxshilarini mahalliy telegram kanal va guruhlarda buyurtma asosida kiyimlarga shunday kashtalarni tikib berishingiz mumkinligi haqida e’lon bering.
Haridorlardan kiyimini jo’natishni (yoki yangi kiyim bo’lsa uning qandayligi va o’lchamini), qanday kashta hoxlashi va manzilini so’raysiz.
Mahalliy do'konlarga olib borib bering va ularga buyurtma qabul qilishingizni ayting.
Kashtaning murakkabligi, hajmi va boshqa omillarga asoslanib buyurtmachi bilan narxini kelishishingiz mumkin.
Uzoqdagi haridorlarga BTS yoki EMU kabi pochta xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin.


@Boylik_uz
.
830 viewsedited  19:06
Ochish/sharhlash
2021-02-12 22:18:19
Bepulga o'rganilgan narsani qadri bo'lmaydi.

Agar siz biror narsani bepulga o'rgansangiz, u narsani siz uchun qadri bo'lmaydi. Chunki, siz u uchun hech narsa sarflamagansiz, pulingiz ketmagan va o'rganishni istamaysiz, agar pulga o'rgansangiz, pulingiz ketganidan astoydil o'rganishni boshlaysiz.

Oddiy misol tarzida, maktab ta'lim tizimini olsak, u hamma uchun bepul lekin, har kim ham undan samarali foydalanmaydi.Repititorlik kursi bo'lsa, astoydil o'rganishga kirishadi, chunki, unga pul sarflab qo'ygan.

- Agar biror narsani o'rganmoqchi bo'lsangiz, ozgina bo'lsa ham pul sarflab o'rganing, shunda siz uni Yaxshi o'rganasiz va Natija siz kutgandan ham zo'r bo'ladi


@Boylik_uz
.
1.2K viewsedited  19:18
Ochish/sharhlash
2021-02-12 12:26:40
“UzAuto Motors” тўрт хил энг оммабоп автомобиль сотувини тўхтатди

UzAuto Motors дилерларида янги дастурий таъминотга ўтилаётгани сабабли Spark, Nexia, Cobalt ва Lacetti автомобилларига шартнома бериш вақтинча тўхтатилди.

Маълум қилинишича, GM Uzbekistan автосалонлари шартномалар ва автомобилларни етказиб бериш бўйича янги бошқарув тизимига ўтади.


Каналга уланиш:
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEFBSP4qzeA7o0XN5A
1.3K views09:26
Ochish/sharhlash
2021-02-12 12:26:40
Маҳаллий аҳоли ҳам туристик йиғим тўлайди

2021 йил 1 мартдан бошлаб меҳмонхоналарда Ўзбекистон фуқаролари яшаган ҳар бир кун учун туристик (меҳмонхона) йиғим ундирилади. Йиғим миқдорини ҳукумат белгилайди. Тушган пуллар эса ички туризмни тарғиб қилиш ва рағбатлантириш, туризм мавсуми паст бўлган даврда меҳмонхоналар бандлигини таъминлашга қаратилган чора-тадбирларни молиялаштиришга йўналтирилади. Ҳозирда бу йиғим фақат чет эллик сайёҳларни жойлаштирган меҳмонхона, хостеллар томонидан тўланади. — Президент фармони


Каналга уланиш:
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEFBSP4qzeA7o0XN5A
1.3K views09:26
Ochish/sharhlash
2021-02-10 14:31:36
Мен буни қилолмайман, менга бунда вақт йўқ. Улар бошқа, мен бошқа. Мени қўлимдан келмайди, дея ҳар хил баҳоналар билан ўзларини оқловчи ўрдаклар учун махсус видео...

Албатта кўринг... Дўстларга жўнатинг...


@Boylik_uz
.
1.6K viewsedited  11:31
Ochish/sharhlash
2021-02-09 18:10:57
Yillik rasmiy ravishda eng koʻp daromad topgan sportchi kim?

Webbspy.com talqiniga koʻra Shvetsariyalik professional tennischi Roger Federer 2020-yilda dunyoda eng koʻp daromad topgan sportchi deb eʼlon qilindi. U 2020-yilda 106,3 million dollar ishlab topdi.

Uning asosiy daromad Credit Suisse, Mercedez-Benz va Rolex kompaniylari boʻlib, ular orqali jami 86 mln dollar ishlab topgan. Uning qolgan 20 mln dollar daromadi esa ijtimoiy tarmoqlar va shaxsiy bizneslari ortidan kelgan boʻlsa, atiga 6,3 mln dollari unga toʻlanadigan yillik maoshdir.

Shuningdek Forbes.com nashriga bergan intervyusida unga Nike, Puma kabi kompaniyalar ham hamkorlik takliflarini bildirayotganlarini aytib oʻtgan.

Mutaxasislarning maʼlumotlariga koʻra u 2021-yilning eng koʻp daromad topgan sportchisi va dunyoning eng boy sportchisi maqomiga ham ega boʻlishi mumkin.


@Boylik_uz
.
1.7K viewsedited  15:10
Ochish/sharhlash
2021-02-09 18:10:49
Hindistonning eng boy insoni kim?

Mukesh Ambani Hindistonning eng boy insoni bo‘lib, u hozir 63 yoshda va Mumbay shahrida istiqomat qiladi. Oilali, 3 nafar farzandi bor.

U Relianse Industriyes nomli kompaniya asoschisi va bosh direktori hisoblanadi. Uning biznes yo‘nalishlari Neft sanoati, Gaz qazib olish, Chakana savdo, Aloqa va internet, Kimyo sanoati bilan ham shug‘ullanibgina qolmay, u dunyoning mashhur kompaniyalariga o‘z investitsiyalarini kiritgan va qariyb 5 mlrd $ dan ziyod aksiyalarini ham sotib olgan.

Mukesh Ambani ning boyligiga keladigan bo‘lsak, 07.02.2021 vaqtiga muvofiq uning boyligi 74,5 mlrd dollarni tashkil etadi. Uning shaxsiy mulklari, mashina, samolyot va vertolyot va o‘zi foydalanadigan boshqa shaxsiylari 8 mlrd dollarga teng.

Shuningdek u 2020-yilda Mukesh Ambani Hindistonning eng boy insoni bo‘lib, boyligi 88,7 mlrd dollarligi mahalliy nashrlarda eʼlon qilindi va u hozir ham Hindistonning eng boy insoni — Dunyo boylarining 12-o‘rinini band qilgan.


@Boylik_uz
.
1.4K viewsedited  15:10
Ochish/sharhlash