Get Mystery Box with random crypto!

Boy bo'lish uchun qanday fikrlash lozim? Amerikalik psixolog | БОЙЛИК САРИ ИЛК КАДАМ

Boy bo'lish uchun qanday fikrlash lozim?

Amerikalik psixolog olim Xarv Eker uzoq kuzatishlar olib borib Boy insonlar, O’rtahol va Kambag’allar o’rtasidagi psixologik farqni o’rganadi.
U o’ziga savol beradi: Boy insonni nima boy qiladi, Kambag’alni nima kambag’al qiladi.Xarv Eker, uzoq vaqt psixologik so’rovlar va tadqiqotlari natijasida shu narsa malum bo’ldiki.Insonning millioner yoki kambag’al bo’lishi uning mehnatiga yoki bilimiga bog’liq EMAS ekan. Unda nimaga bog’liq? Insonning Psixologiyasiga ya’ni Qanday fikrlashiga bog’liq.

U quyidagicha misol keltiradi. Masalan: Agar butun dunyo xalqini hamma boyligini tortib olsak, ya’ni barcha boylarning ham kambag’alning ham barcha mol mulkini tortib olaylik-da, keyin qaytadan butun aholiga teng taqsimlab beraylik.Nima bo’lar ekan ?! Albatta, avvalgi boylar yana boy bo’ladi. Avvalgi kambag’allar yana kambag’al bo’ladi.
BUNGA SABAB NIMA?!

Psixolog shunday xulosaga keladiki, boylar kabi fikrlash insonni boy qiladi
Kambag’al kabi fikrlash insonni kambag’al qiladi.

Kambag’al va o’rtahol insonlar odatda fikrlashlari o’xshash bo’ladi.Va bunday fikrlash ularni kambag’al bo’lishiga yoki o’rtahol bo’lishiga sababdir.Millionerlar, Boylar (Manaviy va aqliy tomondan boy) kishilarning bunday bo’lishiga sabab esa ularni fikrlashi ekan.
Inson o’z psixologiyasini ya’ni fikrlashini o’zgartirsa, u o’z hayotini ham o’zgartiradi.

1-fikrlash usuli: Boy insonlar Har bir narsadaning foyda tomonini ko’radi.
Kambag’al esa har narsaning salbiy tomonini ko’radi.
Boy: Ko’lmakda oyni ko’radi,Kambag’al: Ko’lmakda loyni ko’radi.

2-fikrlash usuli: Boy insonlar Pulni ko’proq topish va jamlashni o’ylaydi.
Kambag’al insonlar Pulni ko’proq sarflashni o’ylaydi.

3-fikrlash usuli: Boy insonlar doim ilm olishga yangiliklarni bilishga intiladi.
Kambag’al insonlar hamma narsani bilaman deb o’ylaydi.

4-fikrlash usuli: Boy insonlar qilgan MEHNATI va NATIJASIGA qarab daromad ko’rishni maqul ko’radi.
Kambag’al insonlar ishlagan VAQTIGA yarasha pul topishni maqul ko’radi.

5-fikrlash usuli: Boy insonlar muvaffaqiyatli kishilarga havas qiladi.
Kambag’al insonlar muvaffaqiyatli kishilarga hasad qiladi.

6-fikrlash usuli: Boy insonlar boy bo’lish uchun tinmay mehnat qiladi.
Kambag’al insonlar esa boy bo’lishni orzu qiladi.

7-fikrlash usuli: Boy insonlar katta narsalar haqida, Global muammolar haqida o’ylaydi.
Kambag’al insonlar esa kichik narsalar yoki faqat o’z uy joyi haqida o’ylaydi.

8-fikrlash usuli: Boy insonlar faqat G’ALABA yo’llarini izlaydi.
Kambag’al insonlar esa YUTQAZMASLIK yo’llarini o’ylaydi.

9-fikrlash usuli: Boy insonlar – Men do’stlarimga yordamim tegadi deb o’ylaydi.
Kambag’al insonlar – Do’stlarimni menga yordami tegadi deb fikrlaydi.

10-fikrlash usuli: Boy insonlar ko’proq Sotishni yaxshi ko’radi
Kambag’al insonlar ko’proq Sotib olishni yaxshi ko’radi.

11-fikrlash usuli: Boy insonlar faol mehnat qilishni o’ylaydi
Kambag’al insonlar ko’proq dam olishni o’ylaydi.

12-fikrlash usuli: Boy insonlar tavakkal qilishni yaxshi ko’radi.
Kambag’al insonlar 7 o’lchab bir kesishni yaxshi ko’radi.

Psixolog Xarv Eker, aytishicha: inson boy yoki Millioner bo’lishi uchun faqatgina bitta narsani o’zgartirsa bas,
faqat o’z fikrlashini o’zgartirsa bas. Uning hayoti ham o’zgaradi!

@BOYLIK_SARI_ILK_QADAM