Get Mystery Box with random crypto!

Jorj Sen-Pyer Xabib Nurmagomedov bilan oʻtkazilmay qolgan jang | UFC MMA VIDEO 👊

Jorj Sen-Pyer Xabib Nurmagomedov bilan oʻtkazilmay qolgan jang tafsilotlarini ochiqladi:

“Xabib faoliyatini yakunlab boʻlganida, Dana menga qoʻngʻiroq qilib, u bilan jang qiziqmi-yoʻqmi deb soʻradi. Buni eshitish gʻalati edi, sababi hech qachon Xabib bilan jang qilishni xohlamaganman. Men oʻylab koʻrishim kerakligini aytdim, chunki kelgusida nima boʻlishi qiziq edi. Promouter qoʻngʻirogʻidan soʻng u bilan shaxmat oʻynashga tayyor boʻlishingiz kerak.

Dana menga Xabibning jangga rozi ekanligini aytdi. Lekin amalda bunday boʻlmadi. UFC ikkimizning ham faoliyatimizni yakunlaganimizni bilardi, ular shunchaki katta jang tashkillashtirishni xohlashgan.

Dana meni aldadi. U avval menga, soʻngra Xabibga taklif yubordi. Endi uning bu jang uchun meni aldaganini aniq bilaman. Endi Dana shunchaki quyidagicha gapirishi mumkin: ”Nima uchun Sen-Pyer boksda jang qilishi kerak? U axir Xabib bilan jangdan bosh tortgan“. Ayyorona harakat”.


Obuna bo'ling
➥UFC MMA VIDEO