Get Mystery Box with random crypto!

Odamsimon robot Kecha 11-avgust kuni Xiaomi kompaniyasi Cyber | Botir Ziyatov

Odamsimon robot

Kecha 11-avgust kuni Xiaomi kompaniyasi CyberOne nomli odamsimon robotni namoyish qildi.

Bu robot xuddi odamlarga o‘xshab yuradi (shunga xarakat qilishgan) va odamlar bilan gaplashib keta oladi. Uning maksimal tezligi taxminan 3,6 km/soat.

Robotning bo‘yi - 177 sm, og‘irligi esa 52 kg. Tana qora va oq rangda qilingan.

Robot odam bilan gaplashgan paytida odamzotning 45 ta hissiyotini taniy oladi.

@botirziyatov