Get Mystery Box with random crypto!

Oxirgi post. Yarim yil davomida kanalning bir bo'lagi | Botiniy gaplar

Oxirgi post.
Yarim yil davomida kanalning bir bo'lagiga, "tashrif qog'ozi"ga aylanib qolgan, kimlargadir shirin tuyg'ularni eslatgan, bu tuyg'ularni his qilmaganlar uchun shirin orzular qilishga yordam bergan o'sha "Kel"lar endi yozilmaydi. Kanalni ko'pchilik aynan shu postlar uchun kuzatgandir balki.
Shunday ekan, bu kanalda yana post yozishdan ma'no ko'rmayapman. Yozolmayapman ham. Yozganlarim o'zimga g'alati tuyulyapti. O'zim ham u postlarga o'rganib qolgan ekanman.
Shu daqiqalarda bu qaror aytilganiga 1 oy to'ldi. Hayotim qanday o'tganini eslolmayman, lekin ko'p kulganim aniq. Negaligini bilmayman. Kulsam, baxtliroq bo'laman deb o'ylagandirman balki. Hali ham shunday. Yana qancha davom etishini bilmayman. Bu hasrat qilib yozgan bilan tuzalmaydigan, yozib ifodalab berolmaydigan narsa.
Sizlarga esa kattakon rahmat. Tartibsiz so'zlarimdan tashkil topgan postlarimni qadrlaganingiz uchun. Sizlar yaxshi odamsizlar. Barchangiz. Hammangizni yaxshi ko'raman.
Ba'zilarni ko'proq yaxshi ko'raman.
Hali ham. Oldingidek. Ular Allohga omonat. Boshqaga ishonmayman. Hech qachon.

Telegramda kanallarga a'zo bo'lishlar soni cheklangan, shuning uchun bitta joyni bekorga band qilgandan ko'ra, bu kanalni kanallaringiz ro'yxatidan o'chirib tashlang.
Men esa bu kanalni o'chirmayman. Xuddi @yoqadi_mi'da qilganimdek, buni ham esdalik va xotira uchun saqlab qo'yaman. Lekin boshqa post yozilmaydi.
"Ma'nosiz" da esa tuturiqsiz gaplarimni yozishda davom etaman. U yerda manfaat yo'q, hammasi mening xayolim va hayotim haqida, ichib olib baqirib yuraman.