Get Mystery Box with random crypto!

Faktcheking haqida Jin ursin, vanihoyat shu mavzuda yozishga | Allambalo(hooded)

Faktcheking haqida


Jin ursin, vanihoyat shu mavzuda yozishga ham vaqt topildi.

Sizniyam kamida bitta shunaqa tanishingiz bor: qaysidur norasmiy kanaldan yoki birovdan eshitgan gapiga ishonib boshqalarga ham tarqatib yuradi. U notõg'riligi haqida 10ta fakt bersangiz ham kichkina miyasiga yetib borishi qiyin bõladi.

Ana shu yerda faktcheking degan hozirda noyob bõlgan tushuncha kerak bõladi.

Faktcheking bu - sizni qarashlaringiz va fikrlashingizga mos bõlgan har qanday shubhali ma'lumotlarni kõr-kõrona qabul qilish õrniga uni savol ostiga olib tekshirib kõrish.

Keyingi safar, qulog'ingizga yoqqan har qanday infoni ''Haaaa shunaqa ekandaaa'' deb eshtib õtirish õrniga, ''Buni qayerdan bilasiz? Manba qayer? Qachon eshitgansiz? Aniq shunaqamikin õzi'' deb Google/Wikipediadan tekshirib kõring.

Qõylanmang yoshlar, tanqidiy fikrlashni õstiring bòlmasa uzog'i bir minutlik video kõra oladigan zombiga aylanib qolasiz...

@uniquelyblog