Get Mystery Box with random crypto!

“Kamalak” yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivaliga arizalar q | BO'STONLIQ YOSHLARI!

“Kamalak” yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivaliga arizalar qabuli boshlandi

Аziz bolalar, madaniyat, adabiyot va sanʼat sohasidagi iqtidoringizni namoyish etish vaqti keldi.

Hoziroq tanlovga mahalladagi yoshlar yetakchisiga yoki maktabingiz direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o‘rinbosariga murojaat qilish orqali ro‘yxatdan o‘ting.

Ro‘yxatdan o'tish uchun Siz, mahalladagi yoshlar yetakchisiga yoki maktabingiz direktori o‘rinbosari orqali O'zbekiston yoshlar ittifoqining tuman (shahar) Kengashiga tanlov anketasini yakka yoki jamoaviy tarzda to‘ldirib taqdim etishingiz lozim.

Tanlovga 6 yoshdan 15 yoshgacha boʼlgan ijodkor bolalar yakka, jamoaviy tarzda, 6 ta yo‘nalishdan birini tanlagan holda ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovning o‘tkazilish tartibi haqida nizom bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqing.

Tanlovga ariza topshirish muddati 1-iyundan 10-iyunga qadar davom etadi.

Anketani yuklab olish uchun havola:

• Yakka • Jamoaviy

Bizning sahifamiz:
@kamalakbt_uz