Get Mystery Box with random crypto!

TO‘Y Qildi bu vaqt bizda javlon to‘y, Oqchasi yo‘qni etdi hay | Boshqa rakurs

TO‘Y

Qildi bu vaqt bizda javlon to‘y,
Oqchasi yo‘qni etdi hayron to‘y.

Bir-biridan oshurdilar to‘yni,
Topdi ravnaq, hayratila boyon to‘y.

Besh kun to‘yni so‘ngidin
Ketibon mulklar bois fig‘on to‘y.

Boyon to‘yig‘a yerlilar qarab
Etdi sarf toki tandagi jon to‘y.

Ey g‘aniylarimiz, ey faqirlarimiz,
Amr etubdurmi bizg‘a Qur’on to‘y.

Mundayin ishlar shar’imizda yo‘q
Kori maj’us, kori shayton to‘y.

Ishlamas shunday ahllik kishi,
Yo‘lamas aslo ahli vijdon to‘y.

O‘tsa to‘y birla yozu qishimiz,
Aylagay bizni yerg‘a yakson to‘y.

Kelingiz do‘stlar, din qarindoshlar,
Tashlasun bo‘lsa gar musulmon to‘y.

Abdulla Qodiriy