Get Mystery Box with random crypto!

O’zbek marketingidagi eng katta talofat. O’zbekiston, asosa | Boshqacha Maktab | 📒

O’zbek marketingidagi eng katta talofat.

O’zbekiston, asosan Toshkent hozirda har qachongidan ham ko’proq professional digital mutaxassislar qidiruvida. Bilamiz-ki, talab yuqori bo’lib, taklif past bo’lgan yerda narxlar otning kallasi bo’ladi. Shu sababli, afsus-ki, bazi o’n-beshta kam marketolog yoki SMM menejerlarning maoshi 20 yillik tajribaga ega shifokornikidan 2-5 barobar yuqori.

“A buning nimasi yomon?” deb so’rashingiz mumkin. Paradoks shunda-ki, hozirgi “marketolog/ SMM menejer bo’laman” deb yurgan “bo’rilar”ning 90 foizi aynan shu yuqori maoshga uchadi.

“3 oyda $1,000 daromadga chiqing” “1 yilda Malibu harid qiling” “Orzuyingizdagi Dubay/ Baliga 2 oyda sayohat qilish imkoniga ega bo’ling” va hokazolar bilan o’z kursini (yaxshimi, yomonmi bilmadim) ommaga o’tkazayotgan “mutaxassis”lar, aynan, hozirgi O’zbek marketingi talofatchilaridir.

Pulni maqsad qilib marketing/ SMM/ target yoki boshqa barcha digital sohani o’qiyotganlar ushbu yo’nalishning asl negizi - SAN’AT ni nazardan chetda qoldirishmoqda.

$500 topish maqsadida oldi-qochdi vaynerlarga ko’r-ko’rona reklama berish, give awaylarda qatnashish, har kuni soat 18:00 da reja bo’yicha qo’yiladigan ma’no-mantiqsiz postlar - bu sizning o’sha 2 oylik kursingiz natijasi, lekin hech qanday marketing/ SMM emas.

Marketing - bu san’at, kreativ, miyyani larzaga keltiradigan darajadagi ajoyib g’oyalar. Marketing/ Professional SMM - bu haridorning his-tuyg’ularni boshqara olishdir.

Nega bizning o’zbek loyiha/ keyslar Yevropa, Amerika miqyosidagi festivallarda o’rin olish uyoqda tursin, hatto qatnasha olmaydi? Chunki bizning mutaxassislarning “oliy maqsad”i “bir oyda $10,000 daromadga chiqish va Dubayga uchish”.

Xullas, hammasi yaxshi, lekin biz cho’kyabmiz.

@boshqachamaktab