Get Mystery Box with random crypto!

El sevgan bobomga Islom ota ilohim Joyingiz jannat bo’lsin Sam | USTOZLAR UCHUN KERAKLI FAYLLAR

El sevgan bobomga
Islom ota ilohim
Joyingiz jannat bo’lsin
Samolardan kuzatib
Ruhingiz qo’llab tursin!

Yurtim sha’ni-orini
Yuksaklarga ko’tardiz
Mehnatsevar ular deb
Jahonga tanitdingiz.

O’zbegimni farzandi
Unutmaydi sizni hech
Farovon hayot uchun
Rahmat sizga yoting tinch

Otajonim biz sizni
Juda yaxshi ko’ramiz
Ruhingiz shod bo’lsin deb
Doim duo qilamiz

Islom bobo ilohim
Joyingiz jannat bo’lsin
O’zbegimni hamisha
Ollohim qo’llab tursin!
Buxoro viloyati Romitan tumani 1-umumta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi Barfiya Safarova

@ustoz_0307