Get Mystery Box with random crypto!

Bayrogʻim Bayrogʻim, oʻzingni madh etay bugun, Tan olmoqda | USTOZLAR UCHUN KERAKLI FAYLLAR

Bayrogʻim

Bayrogʻim, oʻzingni madh etay bugun,
Tan olmoqda borliging el, jahon butun.
Qoʻllarida mahkam tutib yugurar oʻgʻlon,
Vatan bizniki deb shon-sharaf uchun.

Osmoning musaffo, suvlar sharqiroq,
Oy ham oʻz mehrini, berib turibdi.
Tinch zamonimiz yulduzlar porloq,
Samoni toʻldirib kulib turibdi.

Keksalar duosi koʻnglidek oppoq,
Yoshlarga kuch qanot beraveradi.
Yashil dalalarda xushnutmiz har chogʻ,
Tomirda qonimiz joʻshaveradi.

Bayrogʻim yuksaklik faqat seniki,
Hilpirab tur doim senga yarashar.
Kechagi kunlaring oʻtmishda qoldi,
Bugun dunyo havas koʻzla qarashar.