Get Mystery Box with random crypto!

Kaminani oʻylantirgan notoʻgri baho Baʼzan bir narsani oʻyla | Boshla_madi

Kaminani oʻylantirgan notoʻgri baho

Baʼzan bir narsani oʻylab qolaman.
Tasviriy sanʼat darsi edi. Endigina oʻqituvchilik faoliyatimni boshlagan paytlarim. 4-sinf oʻquvchilariga chizgan rasmlarimni koʻrsatganman. Ular orasida yoshiga mos rasm bu-koʻza rasmi. Ularga qanday chizishni oʻrgatdim. Baʼzi joylarini toʻqroq, baʼzi joylarini ochroq boyash; oʻzim ham koʻmaklashdim. Ilhom parisi kelishi uchun pastroq ovozda qoʻshiq ham qoʻyib berdim.
Baʼzi oʻquvchilar ishini tugatgan. Ularni baholayapman. Stolimga qoʻl uchida chizib,boʻyalgan oq varoqdagi koʻza rasmi keldi(rasm daftar olib kelmagan). Bu 4-sinf uchun 5 bahoga loyiq rasm emasdi. U esa menga tinmay 5 qoyib berishim kerakligini avvaliga oddiy,soʻng esa buyruq ohangda gapira boshladi. Men esa:
-Mana bu joylari hali bo'yalmapti. Boʻya keyin qoʻyaman,- derdim.
U yonimdan ketmaydi, men buyrugʻiga boʻysunmayapman.Ichimdan, bu bolaga 5 qoʻyib bersam, yuzaki yondashadi va keyinchalik ham huddi shunday ishlarini olib keladi deb oʻyladim.
Unga 4 qoʻydim. Alamzada. Boshqa dars qilmayman!...Hamma narsasini yigʻishtirdi va popkasini taqib oʻtirdi keyingi darsni ham, shunday qarshi oldi.

Kaminani oʻylantirgan bir dona baho toʻgʻrimidi?