Get Mystery Box with random crypto!

Bored Panda

Telegram kanalining logotibi boredpandablog — Bored Panda B
Telegram kanalining logotibi boredpandablog — Bored Panda
Kanal manzili: @boredpandablog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.03K
Kanalning ta’rifi

Kino, san'at, musiqa va hayot haqida so'zlashamiz.
Muallif fikri sizniki bilan mos kelmasligi mumkin.
Taklif va murojaat uchun👉 @pandapochtabot
Musiqa - @pandas_playlist
Kitob blogim - @panda_books

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-01-29 22:29:52
- Как вам моя дурацкая шапка? - спросил фотограф.
- Она подходит к вашему не менее дурацкому шарфу! - ответила девушка.

Xuddi romanlardagidek. Qiz tanlagan sharf va shlyapa bilan go'yo hozirgina 50-yillar Parij ko'chalaridan chiqib kelayotgandek... ayniqsa menga uning fotografg qilgan komplimenti juda yoqdi.

Odamlarda hali hamon xarizma va samimiylik yo'qolmagani juda quvonarli.

@boredpandablog
295 views19:29
Ochish/sharhlash
2021-01-29 21:13:45
Mashhur futbol karikaturachisi Omar Momani hamyurtimiz Eldor Shomurodov rasmini chizibdi.

Respect!

@boredpandablog
286 viewsedited  18:13
Ochish/sharhlash
2021-01-29 16:56:18 Weekend'ni qanday o'tkazmoqchisiz? Any idea?

@boredpandablog
286 views13:56
Ochish/sharhlash
2021-01-29 09:00:17 Oshiqlar gul tutar yoriga, jononiga...

@boredpandablog
304 views06:00
Ochish/sharhlash
2021-01-29 08:00:48 Instagram Live

Dunyoda qanchalik ahmoqona savollar beruvchi odamlar borligini bilmoqchi bo'lsangiz, o'zbek kontentidagi xohlagan ayol yulduz yoki instagram blogerni jonli efir (Live)ga kirib ko'ring.

Shunda ba'zi odamlarning qanchalik tentakona, bekorchi va tuturiqsiz savollar berishligini ko'rasiz. Livedan aslida kerakli joyida, mazmunli qilib o'tkazadigan odamlar kamligi va adekvat savol berishga farosati yetishmaydigan odamlar ko'pligi juda achinarlidir.

@boredpandablog
307 viewsedited  05:00
Ochish/sharhlash
2021-01-29 07:30:07 @pandas_playlist
294 views04:30
Ochish/sharhlash
2021-01-29 06:45:36 Ahad Qayumdan boshqa barchaga xayrli tong

https://twitter.com/HumoyunKhan/status/1354961954897612809
@boredpandablog
318 views03:45
Ochish/sharhlash
2021-01-28 22:06:39
Alimoff brat aytishicha, rasmda kam ta'minlangan kishi xonadoniga mahalla faollari uni ko'rgani kelishibdi. Ammo yordamga muhtoj odam bundan xursand va minnatdorlik hissida ekanligi mutlaqo aks etmayapti. Balki opkegan narsasi yoqmagandir. Balki u kishim "Spark" yoki yangi xonadon kaliti kutgandur, bilmadim...

Hayotda bir qoida bor: Hech kim hech qachon sizga biron narsa qilib berishga majbur emas! Ayniqsa, voyaga yetgangizdan so'ng.

Zero, sizning "o'tkazib qo'ygan" joyingiz bo'lmaganidan keyin, bunday o'zingizga manfaat olib kelmaydigan soxta takabburlikni sal yig'ishtirib qo'yaylik!

@boredpandablog
358 viewsedited  19:06
Ochish/sharhlash
2021-01-28 15:59:58
O'tayotgan hayotdan bahramand bo'lish — bu ikki marta yashash demakdir.

@boredpandablog
310 views12:59
Ochish/sharhlash
2021-01-27 22:21:10 Nega hamma ham sevimli xususiy ishida ishlolmaydi?

Sevimli ishda ishlolmaslikning sabablari koʻp. Ehtimol u orqali yaxshi daromad topolmaslikdan qoʻrqish, ehtimol oʻziga yaxshi narsalarni ravo koʻrolmaslik (mazoxim) tufayli boʻlishi mumkin.

Bugun oʻz ishini boshlashga qatʼiy niyat qilgan va bir yoki bir necha bor urinib natija ololmaganlar haqida gapirmoqchiman.

Deylik, kishi nima xohlashini biladi, nima qilish (qanday biznes yuritish, blog yuritish, nimalarni oʻrganish va hk.) kerakligini biladi. Lekin bir necha qadamdan keyin taslim boʻlib boshlangʻich nuqtaga qaytadi. Motivatsiyasi juda yuqoridir, lekin energiyasi oʻsha ishni bardavom olib borishga yoʻl qoʻymaydi.

Energiyani yemiruvchi sabablardan biri — triggerlardir. Triggerlarni qoʻngʻiroqchalar sifatida tasavvur qilsangiz boʻladi — oʻtmishdagi ogʻriqli voqealar bilan bogʻliq hislarni uygʻotib yuboruvchi qoʻngʻiroqlar.

Kimningdir tanqidi, shaxsiy munosabatlardagi koʻngilsizlik, ish jarayonidagi yoqimsiz bir holat — xavotir, qoʻrquv, ojizlik va boshqa hislaringizni qoʻzgʻatib yuborishi mumkin. Sizni izdan chiqarishga trigger boʻlgan narsa boshqaga umuman taʼsir qilmasligi mumkin. Chunki hammaning travmalari, Axilles tovoni (nozik joyi), ogʻriqlari oʻzigagina xos koʻrinishda boʻladi.

Yangi ish boshlaganda xatolar qilish, tahminlarning amalga oshmasligi — normal holat. Lekin bitta muvaffaqiyatsizlik — "Hech narsani eplolmaysan", "Nimani ham bilarding", "Qobiliyating bir navi", "Oʻqib shahar oberarmiding" kabi koʻrsatmalar bilan yillar davomida tonnalab quyilgan oʻziga ishonchsizlik hissini ustingizga qulatib yuborishi mumkin. Yiqilib tushgan odam oʻrnidan turib, ustini qoqib, yana davom etishi kerak boʻlgan joyda — trigger oʻtmishdagi masxaralar, yerga urishlar, tan olmasliklar, cheklovlar vagonini tortib keladi va yiqilganni yotib qolishga majbur qiladi.

Aynan tadbirkorlar orasida psixoterapiyaga murojaat qiluvchilar koʻp. Nega? Chunki oʻz ishingni boshlash, sevimli sohangda oʻzingni sinab koʻrish — koʻplab psixik muammolarni yuzaga chiqaradi.

@sarvinoz_omonova
277 views19:21
Ochish/sharhlash