Get Mystery Box with random crypto!

Toshkentda aeroport terminallari orasida bepul avtobus qatnovi | Borbaraka.co.LTD

Toshkentda aeroport terminallari orasida bepul avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi

Toshkent aeroportining mahalliy va xalqaro terminallari orasida avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi. UzPort stikerli past polli avtobuslar har kuni soat 05.00 dan 23.30 gacha qatnaydi.

Terminallararo transport har yarim soatda jadvalga muvofiq harakatlanadi. Xalqaro terminalda avtobus jo'nash zali yonidagi parkovkada avtobuslar uchun ajratilgan chiziq bo'ylab harakatlanadi, mahalliyda terminalda esa terminalga kirish joyigacha boradi. Shuttle avtobus xizmatlaridan barcha yo'lovchilar hech qanday cheklovsiz mutlaqo bepul foydalanishlari mumkin.

Xalqaro terminaldan avtobus har soatda (5.00, 6.00), mahalliy terminaldan esa soatning har 30 daqiqasida (5.30, 6.30) jo'naydi.