Get Mystery Box with random crypto!

​​'To‘xtating, kitobxonlar uchrashuviga tushib qolaman' Sizda | Bookvamper

​​"To‘xtating, kitobxonlar uchrashuviga tushib qolaman"

Sizda ham bo‘lganmi, biror o‘xshash fikrlovchi insonlar orasida qandaydir erkin bo‘lasiz, gapiradigan va eshitadiganlaringiz sizga taskin beradigandek. Ammo unday muhit har doim bo‘lmaydi va bo‘lsa ham kichik. Ayniqsa, siz kitobxon bo‘lsangiz, kitob o‘qish najotingiz bo‘lsa...

O‘kinishga hojat yo‘q, azizim. Biz sizga bunday muhitni ortig‘i bilan beramiz!

Uchrashuvda:

Qiziqarli va noodatiy kitobxonlik o‘yinlari;

Kitob va kitobxonlar haqida muhokamalar;

Coffeetime;

Andrey Platonovning "Jon" va Xurshid Do‘stmuhammadning "Donishmand Sizif" asarlari yuzasidan savol-javob, muhokamalari;

- Kitob almashish;

- Va yana bir necha sizga yoqadigan narsalar...


Sizdan talab etiladi:

Kitob almashish uchun bir yoki bir necha kitob. Bu talab haddan ortiq qat‘iy emas, ammo klubimiz a‘zolari uchun bu muhim.

Qachon: 6-fevral, 12:30

Qayerda: Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi (Joylashuv)

Mo‘ljal: "Tojmahal" restorani yoni

Uchrashuvga kelmoqchi va "Farg‘ona kitobxonxonlar klubi"ga qo‘shilmoqchi bo‘lganlar @Hermann_8 ga "hisht " deb qo‘ying.

Uchrashuv "Farg‘ona kitobxonlar klubi" va "Farg‘ona viloyat kutubxonasi" hamkorligida o‘tkazilmoqda.