Get Mystery Box with random crypto!

#Tez_kunda Mixail Bulgakovning «Xosiyatsiz tuxumlar» asari | 📚BooK.uz Navoiy📚

#Tez_kunda

Mixail Bulgakovning «Xosiyatsiz tuxumlar» asari janri fantastika bo‘lib, o‘z ichiga o‘tkir satira, ijtimoiy dramani ham qamrab olgan qiziqarli qissadir.

Kashfiyot misoli atomga o‘xshaydi. Undan ezgulik yo‘lida foydalanilsa naf, yovuzlik yo‘lida foydalanilsa xavf keltirishi muqarrar. Hikoya qahramoni professor Persikov to‘satdan «hayot nuri»ni kashf qiladi. Bu ilm-fannning kelgusidagi rivojiga, xususan, embriologiya yo‘nalishida misli ko‘rilmagan natijalar keltirishi, katta o‘zgarishlarga olib borishi mumkin edi.

Sallani so‘rashsa, kallani olib keladigan odamlar kashafiyot nihoyasiga yetib ulgurmasidan, hatto uning mohiyatini anglamasdan mamlakatda yuzaga kelgan muammoga «hayot nuri» orqali yechim topmoqchi bo‘lishdi. Taassufki, «hayot nuri» hayotni yaxshilash o‘rniga, mamlakatni, odamlarning hayotini parokanda qila boshladi...

Bizni kuzatib boring.

Tarjimon: Barno Tojiboyeva, Asomiddin Murodov, Ramazon Boymirzayev
Nashriyot: «Yangi asr avlodi»

@bookuz_navoiy — yangi kitoblar