Get Mystery Box with random crypto!

#Paygʻambarimiz_bilan_bir_kun Abu Tolibning vafoti yaqinla | BOOK.UZ FARGʻONA

#Paygʻambarimiz_bilan_bir_kun

Abu Tolibning vafoti yaqinlashganida, uning oldiga Paygʻambarimiz kirdilar. Abu Jahl ham shu yerda edi. Rasululloh s.a.v: «Amaki, ,,La ilaha illalloh" deng, shunda men Allohning huzurida bu kalimani sizning foydangizga hujjat qilaman», dedilar. Abu Jahl: «Ey Abu Tolib, Abdulmuttalibning dinidan voz kechasanmi?» deb tinmay javrayveradi. Natijada Abu Tolib: «Men otamning dinidaman», dedi. Shunda Rasululloh: «Allohga qasam, agar man qilinmasam, siz uchun istigʻfor aytaman», dedilar. Keyin Alloh taolo quyidagi oyatlarni nozil qildi: «Na Paygʻambar va na moʻminlar - agar mushriklar qarindoshlari boʻlsa ham - ularning doʻzax egalari ekanliklarini aniq maʼlum boʻlganidan keyin, u mushriklar uchun magʻfirat soʻrashlari joiz emas».

«(Ey Muhammad sollallohu alayhi vasallam) aniqki, siz oʻzingiz suygan kishilarni hidoyat qila olmassiz, lekin Alloh oʻzi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. U hidoyat topuvchi zotlarni yaxshiroq biluvchidir».

@bookuz_fargona - saodat davriga yetaklaydi