Get Mystery Box with random crypto!

​​#taqriz – Sen uchun hamma narsadan qiziq bo'lgan, qilishni | BOOKTOPIA

​​#taqriz

– Sen uchun hamma narsadan qiziq bo'lgan, qilishni yaxshi köradiganing, oxir - oqibat orzuying bo'lishi kerak-ku, axir.

– Qoronğilikni qölga örgatish...

"Soya o'grisi"
Mark Levi


O'zi fransuz adabiyotiga mehrim özgacha. Azaldan ularning asarlariga ruhan chökib, enib qolaman. Navbatdagi kitob ham nafaqat badiiy, balki qorishiq ilmiy uslubda dastlab bir farzandning psixologik travmalari, oilada ota - ona munosabatlari, ajrim muammolari va maktabidagi örtoqlari manipulatsiyasiga, keyichalik sevgi hikoyalari, tibbiyot fakulteti, döstlar sarguzashti, ona ölimi, ota maktublari va bir sokin ruhning gʻaroyib sinovlariga qay tarzda yechim topishi bayon etiladi.

Aynan maktabidagi bosim borasida
"Finlandiyaning ta'lim möjizasi" kitobida ham oydinlik keltiriladi. Unga kŏra, fin öqituvchilari bolalarning bunday munosabatlariga aslo aralashmas, bolaning ŏzi bu holatdan chiqish va uni hal etish yechimini mustaqil tarzda örganishi shart etilarkan.

Asarni ishtiyoq bilan öqish mobaynida, ŏzim ham maktab öquvchilik davrimdagi raqobat, sinf sardorligiga loyiq körilish uchun intilishlarim va mağlubiyatdagi ruhiy jarohatlarimni qayta yodga oldim, bolalikka qaytdim.

Kitobning afzalligi nimada?

U bir vaqtning ŏzida ham badiiy, ham ilmiy könikma, hamda, psixologik problemalarga yechim beroladi. Shunchaki öqimaysiz, nimadir foyda olasiz, örganasiz.

Asarning yana bir ahamiyatli tomoni - vizualizatsiya!
Bosh qahramonni doim ötmish va kelajak vizual tasavvuri ta'qib etadi. Undagi soyalar shiviri g'ayrioddiy qobilyati tufayli namoyon bo'lishi yana-da jozibali. Hech ikkilanmay uchlikka
kirita olganim – bolalik va ulğayish örtasidagi cheksiz hislar ummoniga ğarq qilib, har yakunda yangi ibtidoni quchgan ushbu kitobni albatta mutolaa qilib kŏring.

Ostiga chizilgan satrlar:

Kimgadir bog'lanib qolish xavfli narsa.

Ŏzini baxtli his qilish uchun kimdandir ishora kutib yashash qanchalik oğir.

Katta bölishdan qo'rqaman, chunki yolg'izman...

Kimningdir sizga töla ishonishi ajoyib tuyğu.

Ifodalab bo'lmaydigan narsalarni eshitish uchun sõzlar kamlik qiladi.

Birovning hayotiga aralashib bo'lmaydi, hatto yaxshi niyatda bõlsa ham.

Bir kuni u hatto meni quchoqladi. Dadamning aqli joyida emas deb öyladim.

"Bugun oyim vafot etdi" - bu jumlani yuz martalab takrorladim, ammo baribir ishonmadim.

Mayda - chuyda narsalarda yaxshi körgan odamingni yo'qotganingni chuqurroq his qilasan.

Varrak bilan havoda "Seni sog'ingan edim" deb yoza oladigan qiz – bunaqasini unutish qiyin.

Mahbuba Ubaydullayeva

@booktopiauz