Get Mystery Box with random crypto!

Yana bir masala haqida ham yozmoqchi bo‘lib yurgandim. Muslim | 📚ILM VA IYMON📚

Yana bir masala haqida ham yozmoqchi bo‘lib yurgandim.

Muslima opa singillarimiz o‘zlari shaxsiy kanal ochib bu kanalda manfaatli narsalar joylashni niyat qilib ba‘zan o‘zlarining kundalik hayotlari bilan bog‘liq rasmlar, audiolar, videolar va hatto o‘zi aks etga rasmlarni ham joylashiga guvoh bo‘lganman.

Nima bo‘libdi? Buni nimasi yomon deyishingiz mumkin.

Ha agar, bu kanal yopiq bo‘lsa, faqat xotin-qizlardan iborat bo‘lib bu joylanayotgan narsalar tarqalib ketmasligi ta‘minlangan bo‘lsa bunda hech qanday muammo yo‘q.

Ammo bu kanal ochiq bo‘lib, karvon-saroy kabi unga hamma ham kirib chiqishi mumkin bo‘lsa. Erkak kishi o‘laroq bunga munosabat bildirib aytaman-ki hoy baraka topgurlar! Kanalga rasmingiz u yoqda tursin soyangizni ham, qo‘ying-ki sizga aloqador bo‘lgan biron narsa joylamang. Sizni kuzatoyotgan ko‘zlar orasida shahvat olovi ichida alanga olgan "och bo‘rilar" borligini unutmang va ularni fitnaga solmang. Kanalingizni bu "bo‘rilar"dan tozlab tashlang yoki o‘zingiz bilan bog‘liq biron narsani qoldirmay kanalingizdan o‘chiring.

Shu o‘rinda birodarlarimga ham yuzlanib shuni aytmoqchiman. Yuqorida zikr qilingan sifatlarni o‘zida jamlagan ayollar kanalini kuzatayotgan bo‘lsangiz ehtimoli bo‘lgan fitnani oldini olish uchun, ko‘zlar hiyonati zohir bo‘lmasligi uchun bu kabi kanallarni kuzatishdan voz keching.

Qisqasi, Allohga taqvo qiling!

07.05.2023 | Muhammad Nur