Get Mystery Box with random crypto!

Zakovat baza akademik

Telegram kanalining logotibi bookreading_times — Zakovat baza akademik Z
Telegram kanalining logotibi bookreading_times — Zakovat baza akademik
Kanal manzili: @bookreading_times
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2020-06-06 11:03:09 #murakkab_savollarga_oddiy_javoblar

Haqiqiy fan ilmiy fantastikadan g'aroyibroq va qoniqarliroq bo'lishi mumkin.

@iqtiboslarim
471 viewsAzimbek, 08:03
Ochish/sharhlash
2020-05-31 16:29:11
Iqtiboslar bo'lsin-mi?
Anonymous Poll
21%
Shart emas
12%
Yig'ishtir bunaqa kitoblarni
67%
Mayli. Bo'lsin
75 voters493 viewsAzimbek, 13:29
Ochish/sharhlash
2020-05-31 15:24:13
O'qib tashimizmi.

P.S. buni elektroni borku deguchilarga: bu kitobni ebook varyantiga shunchaki koz yugurtirib chiqib bo'lmaydi sinchiklab o'qish kerak..

@iqtiboslarim
482 viewsAzimbek, edited  12:24
Ochish/sharhlash
2020-05-31 12:18:26 #taqriz

Osmon mezonlardan yiltirar edi. Murod Muhammad Do'stning Lolazor asariga taqriz.

Lolazor asari o'zbek adabiyotida o'ziga hos o'ringa ega bo'lib siyosatchi odam yozganligi bilan ham ajralib turadi. Murod Muhammad Do'st o'z asarini 1988-yilda nashr ettirgan. Romanda sho'rolar tuzumining yemirilishi va komunistik mafkuraning tanazzuliga olib kelgan ijtimoiy sabablar tasvirlanadi. Inson va hokimiyat munosababtidek mavzu muayyan davr misolida chuqur tadqiq etiladi.

Asar voqealari ikki inson tomonidan ikki vaqt haqida hikoya qilinadi. Birinchisi bemor - Nazar Yaxshiboyev. Ikkinchisi qissanavis - Saidqul Mardon. Bemor shu bugungi kunda bo'lib o'tayotganvoqealiklarni tilga olsa, qissanavis Nazar Yaxshiboyev va Oshnoning tarixi haqida so'zlaydi. Bir muddatdan keyin esa o'zi va Yaxshiboyev o'rtasida bo'lib o'tgan voqealarni o'quvchi e'tiboriga havola etadi.

Yozuvchi intervyularidan birida Oshno va Yaxshiboyevga ularning yoshlik paytida o'zgacha mehr qo'yganini aytadi. Asarda ham buni ko'rishimiz mumkin ya'ni bu ikki qahramon yoshlik paytlarida dunyoni o'zgartiradigan kuch va hayollarga ega bo'lishadi. Lekin vaqt o'tgan sari Yaxshiboyev Xudoga ishonmaydigan va g'alati odamga Oshno esa tizim qurboniga aylanadi.
Asardagi qissanavis esa huddi ularning o'rtasida turgan hakamdek ko'rinadi.

Iqtibos -
Har holda dilning daxlsiz ekanligijuda soz narsa, ichimizga hech narsa kira olmaydi hattoki Oshno ham kirolmaydi. Agar odamlar bir- birining dilini tugal bilsa bormi er xotinni, xotin erni, mashuqa mashuqni, mashuq mashuqani... bo'g'ib o'ldirardi! Axir, dunyo faqat o'shalardan iborat emasmi? Eru-xotin do'stu-yor xammasi mashuqlar! Mashuqlar dunyosi! Yashasin dunyo mashuqlari!!!
488 viewsAzimbek, 09:18
Ochish/sharhlash
2020-05-23 12:25:39 #taqriz

Professorning so'nggi darslari o'lim haqida bo'ladi - Mich Elbomning "Morrining seshanba darslari" asariga taqriz.

Asar haqida
Mich Elbom bu asarni 1997-yilda chop ettirgan va foydadan maqsadi professorining davolanish harajatlarini to'lash edi. Asar kutilmagan mashhurlikka erishadi va 2000-yilda eng yaxshi badiiy bo'lmagan asar yo'nalishini qo'lga kiritgan. Kitob yozib bo'lingach ko'p vaqt o'tmay 1999-yilda shu kitobga film ishlangan.

Tahlil
Morrining seshanba darslari asari real hayotda bo'lib o'tgan voqealardir. Asardagi Mich professori Morri bilan o'qish yillarida juda inoq bo'lishadi. Bitiruv oqshomidan keyin Mich ustozi bilan aloqalarni uzib qo'yadi. Ancha yillardan keyin Mich televizordan ustozining o'limi yaqinligini biladi va har seshanba uning uyiga qatnay boshlaydi.
- Biz seshanba odamlarimiz - derdi Morri.
Ular har seshanba har xil mavzularda suhbat qurishadi. Mich umri davomida shoshilib yashaydi. Morri esa o'zini o'lishini bilgach o'limidan ham rohat olmoqchi ekanligini aytadi va rohatlanadi ham. Mich professoridan suhbatlarini magnitofonga yozib borishini so'raydi. Morri bunga rozi bo'ladi. Keyinchalik Mich shu yozuvlarni kitob shaklida chiqaradi. Kitob katta shuhrat qozonadi. Asarda oila, mehr, keksalik, pul, his - tuyg'ular haqidagi kontrastlarga boy fikrlarni uchratamiz. Morri so'nggi darslarini ajoyib o'tadi va bitiruv ohshomida dafn marosimi bo'lib o'tadi.
Asar butunlayicha tushkun ruhda yozilgan. Kelajakka ishonchi bor va nimalarnidir "yorvoraman" degan odamlarga tavsiya etilmaydi.

Xulosa
Xulosa qiladigan bo'lsak odam ba'zida shunday asarlarni ham o'qib turishi kerak. Asardan to'liqligicha reallik ufurib turadi. Ertaga o'lib qolsamchi deb ko'p hayol qilsangiz bu asarni albatta o'qib chiqing.

Xushmamatov Azimbek

@iqtiboslarim
442 viewsAzimbek, edited  09:25
Ochish/sharhlash
2020-05-23 10:20:44 Mahin opani chellenjiga qatnashamiz. O'zim haqimda 20 ta haqiqatlar.

1. Endigina 16 yoshman
2. Surish kerakligini maktabda o'qib yurganimda tushunganman. Xudoga shukur. (Hali ham maktabda o'qiyman)
3. 11 yoshimdan boshlab Toshkentga bir o'zim borib kelaman. Haftada 4 marta
4. Futbolni zo'r o'ynayman. Himoyachiman. Xudo xohlasa futbolchi bo'laman.
5. Koronani AQSh yaratgan biologik qurol degan ustozlarimdan AyKyu darajam yuqori ekanligini tushunib yetdim.
6. Kechirimliman. Lekin prinsipimga zid narsalar bo'lsa umuman kechirmayman.
7. Kitoblarga yaxshigina taqriz yoza olaman.
8. Jahlim chiqsa siyosat, kayfiyatim yaxshi bo'lsa futbol haqida tortishaman.
9. Bittasini sevaman
10. Onlayn zakovat o'yinlarida qoldirmay qatnashaman.
11. Tuxum qovurishni bilaman))
12. Hmm deb javob yozgan odamni bloklayman. Agar sevgan qizim bo'lmasa.
13. Mana shu sonni yaxshi ko'raman))
14. Ta'lim tizimi chirib ketganini xohlagan odamga, maktabimdagi jonli misollar bilan isbotlab bera olaman.
15. Barsaga ham Realga ham muhlis emasman. Ha bizdaqalar bor.
ECHTE LIEBE BvB
16. Do'stlarim bor...
17. O'zbekistonning 8 ta viloyatida + Olma - Otada bo'lganman.
18. Pofigizm hayotdagi eng muhim narsalardan biri ekanligini yaqinda tushunib yetdim.
19. Kulganimda "o‘g‘il bola sal seryozni bo‘lsada" deb ensasini qotiradiganlarni basharasiga tupurishni orzu qilaman.
20. Qo'limdan nima kelsa (natijasidan qat'iy nazar) qilib ko'rganman.

@iqtiboslarim
470 viewsAzimbek, 07:20
Ochish/sharhlash
2020-05-22 21:12:53 Singlisining holidan xabar olib turgan kishiga xudo jannatni naqd qilib qoʻyibdi, u kim boʻlishidan qaʼtiy nazar..
327 viewsMurodjon ERMATOV, 18:12
Ochish/sharhlash
2020-05-21 20:05:05 Ikkinchi #taqriz

Tan olishni xohlamagan achchiq haqiqatlaringiz. Mark Mensonning Beparvolikning nozik san'ati asariga taqriz.

Men karantinda o'zim uchun Mark Mensonni kashf qildim desam adashmayman. Bu janrda o'qigan ilk kitobim bo'lgani uchun asar menga yoqdi. Bu asar psixologik janrda yozilgan bo'lib tan olishni xohlamagan achchiq haqiqatlaringiz va baxtga erishishning noodatiy yo'lini tushuntiradi.

Menson o'z asarini bir so'z bilan boshlaydi ya'ni: Urinmang!
Asar boshidanoq sizga teskari haqiqatlar oshkor etila boshlaydi. Masalan omad bu omadsizlik baxtga erishish baxtsizlik va h.k.

Masalan siz hozir maktabda oqib turib universitetga kirishim kerak desangiz bu normal holat lekin agar universitetni bitirib ishlab boyib ketishim har kuni ertalab gozal bir qizning(yoki kelishgan erkakning) o'pichi bilan uyg'onishim va tilla vannada yuvinishim kerak desangiz bu haqiqiy fojia. Siz bunday oylasangiz hozirgi hayotingizda omadsiz ekanligingizni o'zingizga isbotlaysiz. Ongostida bu salbiy holatlarni yuzaga chiqaradi va qachondir bu narsalarga erishsangiz ham o'zingizni omadsiz sanayverasiz. Chunki hali erishilmagan narsalar ko'p.
Tupuring...

Menson asardagi bitiklarini va o'z qadriyatlarini(prinsiplarini) real voqealar asosida isbotlaydi.
Yaponyalik Onado va Suzuki, Bitlz guruhi va h.k.

Yana asarda "hafsalani pir qiluvchi panda" haqida yoziladi. Hafsalani pir qiluvchi panda. Sizning uyingiz eshigini taqillatib sizga o'z omadsizliklaringiz muammolaringiz haqida gapirib beradi va ketadi. Bu siz uchun noreal narsadek bolishi mumkin lekin u siz uchun yaxshi ish qilgan. Hayotta muammolar hech qachon tugamaydi. Siz muammolarni yengib tugata olmaysiz. Siz hayottagi muammolarni o'zingiz uchun yoqimli muammolarga aylantirishingiz kerak.

Odamlarning eng katta hatolaridan biri baxtli bo'lishni emas kimdandir baxtli bo'lishni xohlashlarida. Siz rad etilasiz va ongli ravoshda undan go'zalini qidirasiz. Shu paytda inson o'z qadriyatlarini o'zgartira olishi kerak va kimdandir emas o'zi baxtli bo'lishga intilishi kerak.

Taqrizni kitobni oxirgi boimi nomi bilan tugataman: ...keyin umringiz tugab qoladi.

P.S. masalanlar ko'payib ketdi uzr)))

Xushmamatov Azimbek
348 viewsAzimbek, 17:05
Ochish/sharhlash
2020-05-21 20:02:00 #taqriz

Bugun ikkita taqriz tashlayman.
Birinchisi bu Eljernonga atalgan gullar asariga taqriz bo'ladi

Https://telegra.ph/Insoniy-tuygularsiz-bilim-bir-tiyinga-qimmat---Deniel-Kizning-Eljernonga-atalgan-gullar-asari-haqida-05-21

@iqtiboslarim
290 viewsAzimbek, edited  17:02
Ochish/sharhlash
2020-05-17 16:52:34 Xosh qotil endi nima qilyapti? Illuminate haqida yana nimalarni bilib olishimiz kerak? Vetra qanday kashfiyot qilgandi? Qotil Vetradan nimani o'g'irlagan?

Bugun shu savollarga javob olamiz. Yoqimli mutolaa.
#tarjima #angelsanddemons

https://telegra.ph/FvSH-10-bobdan-boshlanadi-05-17

@kutubxona_library
198 viewsAzimbek, 13:52
Ochish/sharhlash