Get Mystery Box with random crypto!

Oʻqiganingiz esingizda qolmayaptimi? Hechqisi yoʻq! Aksariy | Bookmall | Kitob ulashamiz!

Oʻqiganingiz esingizda qolmayaptimi? Hechqisi yoʻq!

Aksariyat kishilar koʻp kitob oʻqishlarini, ammo eslab qolishda qiynalishlarini ta’kidlaydilar. Bu katta muammo emas. Shunchaki ma’lum tavsiyalarga amal qilinsa, kifoya.

Jumladan:
— Kitobni oʻqib boʻlgach, kamida 15 daqiqa oʻylab, tahlil qiling;
— Kitob asosida kichik bir insho yoki taqriz yozing;
— Kerakli, eslab qolishga arzirli iqtiboslarini oʻqish davomida yozib boring;
— Qahramonlar ismlarini roʻyxat qiling;
— Oʻqiganlaringizni yaqinlaringizga ham aytib bering.

Yuqoridagi maslahatlarga amal qiling. Natijasini esa izohlarda yozib qoldiring.

Kitoblashguncha!

Instagram sahifa | @bookmalluz