Get Mystery Box with random crypto!

BIZNI NIMA TÒXTATYAPTI... Oldimizga shuncha maqsad qòyamiz, k | Booklover Girl 📚🕊️

BIZNI NIMA TÒXTATYAPTI...

Oldimizga shuncha maqsad qòyamiz, kelajagimiz uchun qancha reja tuzamiz-u, lekin qòygan maqsadlarimiz va rejalarimizga yarasha harakat qilmaymiz yoki yarim yòlda qolib ketamiz. Asosiy sabablarimiz nimada?

1.Dangasalik
Tuzgan rejalar va qilingan orzular hayolni shoshirib qòyadi-ku amalda hech narsa yòq. Olma pish, oģzimga tush bilan hech narsa hal bòlmaydi. Òzingiz uchun òzingiz harakat qilmasangiz, sizni kimdir kelib orzu qilgan kelajagingizga olib bormaydi. Faqatgina televizor kòrish va telefon titib òtirsh qorinni tòydirmaydi

2. Odamlar.
Biron narsa qilishga kirishdingizmi ana shunga yetguncha tòxtamang. ODAMLAR NIMA DERKAN kabi gaplar bilan yashasangiz qòpol qilib aytganda "chirib ketasiz". Odamlarning gap-sòzi, siz haqingizdagi fikrlariga "tupurib qòying". Hayot sizniki. Ertadan keyin hech kim oldingizga kelib meni gapimga kirib shu orzungdan kechganding mana buni ol biron koringga yarar demaydi.

3. Bahonalar
Ota - onamiz òqishimizga, kamlarimizga pul bermaslik uchun bironta bahona topishganini kòrganmisiz. Oģzingizdan chiqmasidan hamma narsa muhayyo qilinayotgan bir paytda kurakda turmas bahonalar bilan ishni ortga surish foyda berarmikan. Òzingiz yoqtirgan, òzingizga ma'qul keladigan ishni qiling. Ana òshanda bahona qilishdan qutulasiz. Yoki hamma narsani yiģishtirib shunchaki ota - onangiz uchun yuk bòlib qolavering

4. Noaniqlik
Nega maqsad qòyishda noaniqliklarga duch kelamiz. Kòproq kasb tanlash borasida ota-ona va farzand òrtasida bir birini tushunmaslik boshlanadi. Ana shunday vaziyatda hotirjam bòlib òz rejalaringizni yaxshilab òylab "pishiring". Ota-onangiz bilan hotirjam òtirib hamma narsani batafsil tushuntiring. Aniqlikda ish qiling. Òz maqsadlaringizni aniq bayon qilgan joyda hech kim sizning "boshingizni olmaydi".

Hammasini yaxshilab òylab kòrilar, yaxshilar.
@booklovergirl