Get Mystery Box with random crypto!

Booklover Couple 🧔🏻‍♂🧕

Telegram kanalining logotibi booklovercouple — Booklover Couple 🧔🏻‍♂🧕 B
Telegram kanalining logotibi booklovercouple — Booklover Couple 🧔🏻‍♂🧕
Kanal manzili: @booklovercouple
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.42K
Kanalning ta’rifi

📚 Kitoblar dunyosi bizni birlashtirdi
-Bizga murojaat @booklovercouplee_bot

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-25 08:57:40 #Review

"Muzokara natijasi qanday bo'lishi sizga ahamiyatsiz bo'lsa va tashlab ketishdan qo'rqmasangiz , siz unda eng yaxshi pozitsiyadasiz"


Asar :Baxt yetkazish. Milliard dollarlik internet doʻkon tarixi
Muallif: Toni Shey


Bir qarashda ko'plab insonlar uchun ushbu asar faqatgina biznes sohasi vakillari uchun yozilgandek go'yo. Lekin shunday fikrga kelgan inson adashadi. Chunki muallif ushbu asar orqali insonlarga quyidagilarni o'rgatadi:
•Maqsadga erishish yo'lida hech qachon to'xtamaslik
•Muvaffaqiyatsizlikga duch keldingizmi undan yetarlicha xulosa chiqarish
•Hayotda o'z sferangizni (olamingizni)anglab olish
•Baxt o'zi nima? Nimalar orqali siz baxtni xis qilasiz? Ushbu savollarga aniq javob berish

Toni Shey oddiy insonlarning farzandi edi. Bolalik davridan beri u hayoti davomida doimo yangi narsalar yaratishni, muvaffaqiyatli biznes tashkil qilishni orzu qilgan. Dastlab uning birinchi biznesi chuvalchang yetishtirishdan boshlangan ammo ushbu biznes muvafaqqiyatsizlikga uchragan. Lekin Toni bundan shunchaki keyingi biznesi uchun yetarli xulosa chiqargan. Ko'plab sohalarda o'zini sinab ko'rgan Toni "LinkExchange" dasturiga asos soldi. Ushbu dasturda veb-sayt orqali reklama qilish juda ham foydali va samarali edi .Ma'lum muddatdan so'ng "Mikrosoft" uni 265 million dollar ga sotib oldi. Hech qachon to'xtashni istamaydigan Toni 2000-yil butun dunyoga mashhur "Zappos.com" online do'konining asoschilaridan biriga aylandi. Zappos bu ispancha "zapatos" poyabzal so'zidan olingan. Zappos online poyabzal do'koni edi. O'tgan asarning oxiri va yangi asar boshlaridagi insonlar uchun online xarida qilish notanishdek edi go'yo. Lekin Zappos.com buni uddaladi, odamlar kompaniyaga ishonch bildira boshladi va 2000-yilga kelib tovarlar savdosi 1,6 millionni tashkil etgan bo'lsa , Toni Shey rahbarligida 2008-yil 1milliard dollardan oshdi .

Kitobning nomi "Baxt yetkazish" yoxud milliard dollarlik internet doʻkon tarixi " . Nega aynan "Baxt yetkazish "? Sababi Zappos.com mahsulotlarini xaridorlar " Qutidagi baxt" deb atashgan . Chunki xaridorlar uchun ularning xaridlarini bekam- ko'st yetkazish, online do'konning kutilmagan sovgʻalari, bir kechada yetkazib berish xizmatlari, call markazlardagi samimiy muomalalar ularda (xaridorlarda) baxtiyorlik hissini uygʻotardi. Bularning barchasini bog'laydigan vosita BAXT .

Baxt nima oʻzi?
Ko'pchilik hayoti davomida "...ga erishsam baxtli boʻlaman yoki ...ga ega bo'lsam baxtli boʻlaman" deb o'ylashadi. Lekin tadqiqotlar natijasida aslida ular o'ylagan BAXT qo'lga kiritilgach ,juda tez ahamiyatini yo'qotadi. Ya'ni insonning baxtiyorlik darajasi avval qanday bo'lsa ,yana o'shanga qaytib qoladi.
Sizni baxtli qiladigan narsalar dastlab baxt keltirmaydigandek tuyilishi mumkin lekin ular kutilmaganda hayotingizda sodir bo'ladi va uning baxtiyorlik darajasi bir umrga yetishi mumkin.

Albatta o'qib ko'ring!

@booklovercouple
1.4K views05:57
Ochish/sharhlash
2022-08-24 11:03:19 Nima qilyapmiz o'zi
Aytinglarchi ? Nima keragi bor a ? Yolg'ondan o'qib aytinglarchi? Kitob o'qimayapmizku. Keraksiz umuman keraksiz narsalarga vaqt ajratamiz. Imkoniyat borligida nimaga o'qimayapmiz axr ? 58 ball ni ham to'play olmaslik bu daxshat.
Qo'ying - e
Ota - Onalaringiz pullarini shuncha repetitorlarga sarflab, hayollaringiz boshqa yerlarda yurgan bo'lsa

Hozir aybni ta'limga qo'yish, undan ayb qidirish, bunga tuhmat qilish emas, hamma ayb o'zimizda biz o'qimayapmiz. Hammasi yolg'on

Pdf bormi ? Pdf bormi ?
O'qimaysizku pdf bo'lsa ham
1.4K viewsedited  08:03
Ochish/sharhlash
2022-08-24 10:59:55
Энасиникига кириб кетган таълим…

@trolluz
1.4K views07:59
Ochish/sharhlash
2022-08-23 08:13:17
Agata Kristi disgrafiya bilan og'rigan, ya'ni qo'lda yoza olmasdi. Uning barcha mashhur romanlari diktatsiya qilingan.

(Disgrafiya - bu yozish qobiliyatiga ta'sir qiladigan o'quv buzilishi. Bu imloda qiyinchiliklar, yomon yozish va fikrlarni qog'ozga tushirish muammolarida o'zini namoyon qilishi mumkin.)

@booklovercouple
1.5K views05:13
Ochish/sharhlash