Get Mystery Box with random crypto!

​#Review Asar: 'Book Love ' Muallif: ' Debbie Tung 'Book L | Booklover Couple 🧔🏻‍♂🧕

#Review

Asar: "Book Love "
Muallif: " Debbie Tung


"Book Love " - ushbu yoqimli asar komiks shaklida yozilgan. To'g'risini aytsak komiks kitoblarni birinchi marotaba o'qishimiz.

Komiks ( inglizcha : comic - komediyaga doir) tayinli bir voqeani hikoya qiluvchi, uzviy ketma - ketlikda bog'langan rasmlar seriyasidir. Ushbu janr hozirgi kunda juda ham ommalashib bormoqda. Komikslar bir jurnal yoki hujjat holatidagi rasmlar bilan ifodalangan hikoyalar. Ushbu janr har bir yoshdagi insonlar uchun maxsus ishlanadi.

Book Love - bu miriqib , bir onda o'qib tugatiladigan komiks hisoblanadi. Biz ham oz fursat ichida o'qib tugatib qo'ydik. Juda tez ... Qayta - qayta o'qisangiz ham hech qachon zerikmaysiz. Komiksda haqiqiy booklover qizning hayoti yoritilgan. Har bir sahifada zavqlanishingiz , kulishingiz mumkin . Chunki asar orqali o'zingizni ko'rasiz. Shuningdek kitobxonlarga xos yangi qirralarni kashf qilishingiz mumkin.

Komikslar o'qishda davom etamiz. Navbat "Happily ever after"!

@booklovercouple