Get Mystery Box with random crypto!

Trenddagi kitoblar yohud Yoshlarning saviyasi! Kecha kitob | Booklover Couple 🧔🏻‍♂🧕

Trenddagi kitoblar yohud Yoshlarning saviyasi!

Kecha kitob do'koniga kitob xarid qilish uchun borgandim. Achinarli xodisaga guvoh boʻldim. Kitoblar oralab "Hadicha roziyallohu anho" kitobini varaqlab turgandim. Bir qiz kelib savolga tutdi: Shu asarni olmoqchimisiz? Albatta o'qib ko'ring juda foydali asar deya tavsiya qildi. Men mamnun bo'lib rahmat aytdim.
Tasodifni qarangki u esa "Oisha roziyallohu anho" asarni sotib olishni niyat qilgan ekan. U asarni men o"qib bo"lgandim. Shunday qilib ikki asar haqida miriqib suhbat qurdik. Shuningdek peshtoqlardagi ko'zni qamashtiruvchi asarlarni muhokama qildik. Shu payt u qiz bir asar haqida ya'ni "Kaktuslar ham gullaydi "kitobini o'qiganmisiz deya so'rab qoldi. Men yo'q deya javob berdim va asar haqida qulog'imga chalingan gaplardan shuningdek kitobni varaqlab ko'rganimdagi xulosalarimdan u menga to'g'ri kelmaydigan asar ekanligini ta'kidladim. Kitobxon qiz kulib qo'ydida, fikrim to'g'riligini va u asarni sotib olganligini va bundan afsusdaligini aytib qoldi. Asarning g'oyalari tarqoq , muallif aynan nimani ko'zlab yozganligi haqida bir muddat o'ylanib qoldik.
Shu on bir qiz shoshib keldida aynan shu asarni qo'liga olib sotuvchidan narxini surishtira boshladi. Men yaqin bordimda salomlashib "bu asarni olmaganingiz maʼqul uni o'rniga bularni oling " deya qo"limdagi kitoblarni ko'rsatdim .Boyagi kitobxon qiz ham menga qo'shildi.
Lekin shu on ajablanarli va achinarli holat yuz berdi. Xarid uchun kirgan qiz rad javob bildirdida , shunday dedi: " Kaktuslar ham gullaydi " trenddagi kitob, hamma o'qiyabdi, Instagram storylarda ham, Telegram glavniylarida ham aynan shu kitob shunindek dugonalarim har kuni o'qiyabman deb maqtanadi .Men ham ulardan qolmay "deya xarid qilib chiqib ketdi.
Biz esa essiz deya bosh chayqadik.
Haligacha o'zimga kelmayabman. Bu qanaqasi ? Instagram storylarida yoki telegram glavniylarida birovga ko'z- ko'z qilish uchun kitob o'qiyabmizmi? U asar bizni yoshimizga, maqsadlarimizga to'g'ri keladimi ? Biz uchun qanday foyda beradi? Asarni o'qib nimadir olamizmi? Bular haqida nega o'ylab ko'rmayabmiz?

@booklovercouple