Get Mystery Box with random crypto!

​​​​​​Harbiylar qaysi oliygohlarda oʻqishadi ? Oramizda harbi | Booklover Shop

​​​​​​Harbiylar qaysi oliygohlarda oʻqishadi ?

Oramizda harbiy kasb egasi bo‘lish orzusidagi yoshlar ancha ko‘p! Xo‘sh, ushbu kasb egalari qaysi oliygohlarda tayyorlanadi ?

Javob, hozirgi kunda Respublikamizda 10 dan ortiq oliygohlarda harbiy ofitser-mutaxassislar tayyorlanadi. Ularning ro‘yxati bilan tegishli davlat organlari kesimida quyida tanishishingiz mumkin:

MUDOFAA VAZIRLIGI
• O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi
• Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti
• O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurti
• O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti


DAVLAT XAVFSIZLIK XIZMATI
Davlat xavfsizlik xizmati instituti

MILLIY GVARDIYA
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti

ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi

FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI
Yong‘in xavfsizligi instituti
• Fuqaro muhofazasi instituti (faqat magistratura bosqichi)


DAVLAT BOJXONA QO‘MITASI
Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti

SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
Toshkent tibbiyot akademiyasi Harbiy-tibbiyot ishi fakulteti (4 bosqich davolash ishi yo‘nalishidagi talabalar tanlov asosida olinadi)

Barcha abituriyentlarga ulashing!
@Abituriyentes - Abituriyentlar kanali