Get Mystery Box with random crypto!

Bir nafaslik yo'l ekan ikki dunyo orasi... Umrimizning ohirgi | Oceanic🌊🔗🐋

Bir nafaslik yo'l ekan ikki dunyo orasi...

Umrimizning ohirgi 1 yo 2 yilini eslaylik nimalarga erishdik, nimalarni yo'qotdik.. kimlarnidir topdigu kimlarnidir bir umrga yo'qotdik.. faqirlikda kechirayotgan hayotimiz yaxshilandi, yana boy badavlat bo'lib nafsimizni quliga aylangan hayotimiz faqirlikga yuz tutdi.. yaqin insonlarimizni topdik jondoshlarimizni yo'qotib dilimiz vayron bo'ldi.. ko'pga emas 2019-yilga bir qaytaylikda eslang qanday yaxshi paytlar edi to'g'ri o'sha vaqtlarda ham hayotning sinovlari o'z maromida edi ammo covid nomli ko'rinmas balo yo'q edi (aslida balo deb ham bo'lmaydi biz bandalariga sinov tariqasida Allohdan yuborilgan kasallik)... hamma hotirjam oilasi bilan o'z ishlari bilan mashg'ul edi.. Covid nomli sinov desak ham bo'ladi ilk bor dunyoda boshlanganiyu yurtimizga kirib kelganini bir esladingizmi(( qanchalar vahimaga solgandi qanchadan qancha insonlar vafot etgandi va davom etyapti ham.. Karantin choralari kuchaytirilgan vaqtni eslang do'stu birodarni ko'rolmay ba'zan ota onamizda yiroqda bo'lgan kunlarimizchi hech qanday bazmu jamshid yo'q qarindoshlar bilan bir birmizning diydorimizga zor bo'lgan kunlarimizni, dorixonada oddiy bir maskaning (yuz niqobi) narxi falon so'm bo'lganichi hatto pulimizga ham topaolmay qolgan vaqtimizni eslang.. Maskaku mayli biror yaqinimiz covid bilan kasallanib shifoxonaga yotganida dorixonaga ishimiz tushib Geparin dorisini zir yugurib qidirganimizchi, arzon garov turadigan dorilar narxi osmonga chiqib ketganichi esladingizmi... faqat yomon tarafi emas.. uyda qolib ketgan paytlarimizda hamma namozdan najot topdi, qancha og'ir sharoitlilarga hayr ehsonlar qilindi Alloh qabul aylasin... shifokorlarchi boshida karantin zonalariga borishligi buyurilgandan bosh tortib, keyin oylik to'lovi otni kallasidek bo'lgandan keyin borib ishlaganiyu buni orqasidan kimlardir mashina mindi uyini tamirlatdi.. kimdirlar esa haqiqatdan xalqim deb pul uyoqda tursin zonadan chiqayotganda sog'ligini ham o'zi bilan olib chiqolmay umri tugadi(( uydan tashqariga chiqqanimizdachi har tarafdan "Karonavirusdan himoyalaning! O'zingizni va oila a'zolaringizni asrang! Zarurat bo'lmasa ko'chaga chiqmang!" kabi gaplaru shu bilan birga shahardan avtomobillar qatnovi to'htatilib sokin bo'lib qolganda 5 mahal har tarafdan baralla eshitilgan Azonning najotkor ovozi qanday kunlarni o'tkazdik.. Bu yil esa bir karantin bo'ldi bir yengillashtirildi odamlar kasallikdan himoyani ham unutdi, davlatimiz ham nimagadir himoyani sustlashtirdi.. balki endi ko'nikkandirmiz ammo kasallik kundan kunga mutatsiyaga uchrab turi o'zgarib boryapti.. Hozirgi kunimizchi hamma yallo qilib yuripti... Eng og'riqli nuqtamiz shifokorlar ham xohlagan dorini yozib beryapti uni puli bor odam topa oladi yo'qlari esa yaqinini yo'qotadi.. ba'zi birovlar esa dori foyda qilmasa ham o'sha dorilardan foydalanib davolamoqchi bo'lishyapti.... Qanchadan qancha odamlarning mayitlari uyiga olib kelinmay karantin zonasining o'zida dafnga olib ketilyapti, olib kelinganlarini ham zonada o'zlari yuvib o'rab chirmab olib kelishib uyiga olib kirmay eshigining oldidan qabristonga olib ketishyapti (qanchalar og'riqli to'g'ri o'lim har birimizning boshimizda bor ammo bunday o'lib topish..) kimlarningdir farzandlari ota onasini ohirgi manzilga kuzataolishmayapti yana kimlardir chetda davlatda ekanligi sabab qabrlariga bir siqim tuproq ham tashay olishmayapti.. kimlarnidir esa farzandi bilan shunaqa holat yuz beryapti.. Alloh rahmatiga olgan bo'lsin ba'zi insonlarni eshitdik o'tgan yilgi vaziyatda hatto kiyimlarigacha qabristonda yoqib yuborishganini, yaqin insoni bilan vidolasha olmay qolganini, shifoxonaga yotib u yerdan qaytib chiqmaganini, farzandlari shifoxonaga yotqizishda ko'rib hatto endi umrbodga ko'raolmay mayitni yuzini ham ko'rmasdan vidoniyu diydorni qiyomatga qoldirishganini, farzandlarini to'yiniyu nabiralarini ko'rolmagam ota onayu, Ota onasini Hajga olib boraman deb niyat qilgan farzandning bevaqt o'limini, har kuni janozaga aytilgan ovozlarni... yomon holat to'g'rimi? Ammo bular haqiqat tan olmasakda achchiq haqiqat...