Get Mystery Box with random crypto!

hamma doim o'zi sevgan narsalarini abadiy bo'lishini xohlaydi. | booklover's blog✨

hamma doim o'zi sevgan narsalarini abadiy bo'lishini xohlaydi. masalan eri bilan o'rtasidagi muhabbat abadiy bo'lishini, sog'lig'i abadiy bo'lishini, ota-onasi abadiy yashashini, abadiy, abadiy, abadiy. hullas nimaiki xohishi bo'lsa abadiy bo'lishini xohlaydi. nega bilasizmi, chunki biz bu dunyoga oid emasmiz, oid bo'lgan yerimiz esa abadiydir. shuning uchun inson fitratan abadiyni xohlaydi.

mehmonga borsak, uyiga yaxshilab joylashib olamaganimizdek, bu dunyoga ham yaxshilab joylashib olmasligimiz zarur. aks holda o'z uyimizga qaytgimiz kelmay qoladi. uyimiz esa go'yoki azob yeridek.

endi esa teskarisi, mehmonga borib, o'z uyimizga tezroq qaytgimiz kelsa, albatta joylashib olmay, u yerdagi ishimiz bitgunigacha o'tirib turamiz. uyimiz tomon shoshamiz. go'yoki rohat, huzur, halovat yeridek...