Get Mystery Box with random crypto!

Booklover.me | Blog

Telegram kanalining logotibi booklover_diary — Booklover.me | Blog B
Telegram kanalining logotibi booklover_diary — Booklover.me | Blog
Kanal manzili: @booklover_diary
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 379
Kanalning ta’rifi

•Kitoblardan sahifalar..🤗
•Xayrli asarlar va jumlalar..📚
•Kitob tahlillari📍
•Art kalligrafiya🎨
•Havaskor bookbloger💓
Begonamiz dunyoga mutlaq
Bizni kitob "buzdi" birodar..🪐
murojaat uchun bot yo'q!

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2022-08-29 20:19:57
Якунладик...
Қисқа,
Ва
Лўнда!
Лирик чекинишларсиз матн.
Тонг отмоғи номаълум тунда,
Мудроқ ҳислар олмоқдалар тин!

Якунладик...
Ҳуллас, эпладик,
Гулҳанларнинг чўғи бор ҳануз.
Икки гумон, иккита ҳадик,
Баҳордан сўнг келаяпди куз!

Якунладик...
Ўта ҳотиржам,
Битта гуноҳ, икки гуноҳкор.
Билдингми, йўқ, лекин мен билсам,
Иккимизда бир ҳил ҳато бор!

Якунладик,
Ҳайирли якун!
Таскин!
Видо!
Сабр зарурат.
Азобларга қайтмоқлик учун,
Менга имкон бермагин фақат...

Малика Тавфиқ
236 views17:19
Ochish/sharhlash
2022-08-28 21:38:01 Har holimizga hamd.
248 views18:38
Ochish/sharhlash
2022-08-28 21:35:05 Bir bag‘ir bo‘lsa, unga otilib.. ichida uvvullab yig‘lasang.
243 views18:35
Ochish/sharhlash
2022-08-28 19:32:53
UZOQ YILLARDAN KEYIN...



Endi bu yerlardan ketib boʻlmaydi,
Poyezdlar orqaga yurmaydi qaytib.
Sizni aldashibdi: sevgi oʻlmaydi,
Faqat poyimizda yuradi daydib.

Endi bu yerlardan ishq topolmaysiz,
Yomgʻirlar yomgʻirday quvnatmas koʻzni.
Changlardan qochasiz, nafas olmaysiz,
Shahar shovqinidan yoʻqotib oʻzni.

Raqamlar ustiga qurilar umr,
Taraqqiyotlardan oʻtib boramiz.
Shubhalar, aldovlar oʻtadi bir-bir,
Bir-bir barisini sotib olamiz.

Endi bu yerlardan ketib boʻlmaydi,
Poyezdda joy yoʻqdir koʻngli yoʻqlarga.
“Siz”ni “sensiraymiz”, koʻngil toʻlmaydi,
Vijdon tomonlardan kelgan oʻqlarga.

“Endi bu yerlar...” deb koʻ-oʻ-oʻp yil netaman,
Bir kun DUNYosi ham tegadi jonga.
Qishloqqa ketar kun kelsa aytaman –
Chirmashib olamiz soʻnggi vagonga...

2016-y.

Dadaxon Muhammadiy
260 views16:32
Ochish/sharhlash
2022-07-09 16:54:04
27 views13:54
Ochish/sharhlash
2022-07-09 09:03:47
45 views06:03
Ochish/sharhlash
2022-07-09 02:35:55 Qurbon hayitimiz muborak bo‘lsin)
62 views23:35
Ochish/sharhlash
2022-07-08 23:16:01 Lek,shuncha sevgining ichida turib
-Seni sogʻinyapman baribir..
66 views20:16
Ochish/sharhlash
2022-07-08 19:30:47 Ba'zan uzoqlarni sevasan ichida suyuklilar bor deya.
72 views16:30
Ochish/sharhlash
2022-07-08 14:16:40
Bir kun,
boshqacha bo'lar hammasi,
boshqacha aylanar dunyolar,  rostim,
Ungacha kulmayman,
bu  kunlarimga
Ravo ko'rmagayman kulgu  ovozin...
Bir kuni chinorlar gullaydi  vaqtli,
Ko'kka singib ketar adoqsiz  tuman.
Bugunga aylangan ertalar  haqqi,
Men unda yig'lashni  bilmayman.
Xudo yorlaqagan yo'llarim bordir,
Bir kun parvoz qilar qanotsiz jussam.
Meni kuzakda ham topa olmaysan,
Sendan yuz buraman, azizim g'ussa.

Aziz Nur
79 views11:16
Ochish/sharhlash