Get Mystery Box with random crypto!

​​•Shukrullo •Kafansiz ko'milganlar Kitobni bir necha marotab | Bookgeek.uz 🌻

​​•Shukrullo
•Kafansiz ko'milganlar

Kitobni bir necha marotaba mutolaa qilganman. Har mutolaamda ko'zimni yoshga to'ldiruvchi, achchiq kulgu baxsh etuvchi asar. Asarning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, yozuvchi qalamni o'z hayot hikoyasiga asosan tebratgan.

Kitobda aynan qatag'on yillaridagi holatlar aks etgan bo'lib, ziyoli qatlamni ham, eng oddiy aholini ham qanchalar kulguli tuxmat-u ig'volar ila turmalarga tiqilgani, har gapni yuz marotaba o'ylab so'zlangani, o'z uyida ham emin-erkin yashab bo'lmagani so'zlanadi.

Toshkent ko'chalarida ochlikdan va sovuqdan qotib o'lib qoladigan to'p-to'p o'liklar... har kun ularni, o'liklarni yig'ib olishga chiqadigan katta ulovlar... hech bularni tasavvur qilib ko'rganmisiz? aynan o'sha darxon yo'lida odamlarning, kichik bolachalarning ochlikdan o'lib yotganini? Bir burdagina non qanchalar e'tiborli bo'lgan paytlarni...

Har bir o'zbek o'qishi kerak bo'lgan kitoblardan biri deyman. Tarixni o'rganib ibrat olinadi, oldinga olg'a harakat qilinadi. Qancha ziyolilarning surgun qilinishi, ilmiy ishlar qilishi o'rniga qamoqlarda azoblanib, bavl qiluvchi idishlarni tozalaab o'tirishini bilish alamli... Kitob har bir o'quvchisiga yoqadi degan umiddaman. Va albatta, ko'zlaridan yoshni oqizmay qo'ymaydi.

@bookgeek_uz