Get Mystery Box with random crypto!

Qalblar tizgini. Doktor Oiz Qarniy - qalb islohi uchun juda ya | 𝙱𝚘𝚘𝚔 𝚗' 𝙼𝚒𝚕𝚔

Qalblar tizgini. Doktor Oiz Qarniy - qalb islohi uchun juda yaxshi kitob. Ancha esimdan chiqib ketibdi, o‘qiganimda ruhim orom olib o‘qiganman

Qizlarjon. Odinaxon Muxammad Sodiq - qizlarning hayosi haqida. Har bir qiz farzand bor xonadonda bu kitob bo‘lishi zarur

Богатый папа, Бедный папа. Роберт Кийосаки - unchalik ham o‘qishni tavsiya qilmayman, chunki urg‘u ko‘p pul topishga va materializmga berilgan. Zero, musulmon kishining hayotdagi eng katta maqsadi Alloh roziligi bo‘lishi kerak, ko‘p pul topish emas. Bu kitob o‘qigan odam pulga muhabbat qo‘yishi xavfi bor. Lekin bir foyda olganman: boy bo‘lmasang, ha deb boylardek yashama, ya‘ni bir oy maosh kutib, uni qimmat narsalarga sarflama. Boylar faqat ortiqcha mablag‘iga sotib olishar ekan, kambag‘al esa oylik maoshiga. Bo‘lar-bo‘lmas kiyimlar sotib olishni to‘xtatganman keyin

The Alchemist. Paulo Coelho - shu kitobni ikki martta o‘qib hech nima tushunmaganman. Muallif nima demoqchiligini anglamaganman . Tushunganlar bo‘lsa izoh qoldirarsizlar

Muslima ayol Yevropada. Omina Shenliko‘g‘li - Menga yoqmagan, balkim boshqalarga yoqar. Bir dona xulosam: jinoyatchi, yomon yo‘lga yurgan yoshlarning aksariyati butun, totuv oilada katta bo‘lishmagan. Bus-butun, to‘la-to‘kis oilaning ahamiyati kattaligini bilganman

Reclaim your heart. Yasmin Mogahed - No comment. Ta‘riflashga til ojiz, buni faqat o‘qib tushunish mumkin. Hayotda nimalarni va kimlarni deb yashayabsiz: pul, o‘qish, oila, karyera, farzandlar, turmush o‘rtoq, uy-joy?