Get Mystery Box with random crypto!

#review «Iqtisodiyot qanday tuzilgan» Xa Jung Chang Iqti | Kitob va Mulohaza

#review

«Iqtisodiyot qanday tuzilgan»
Xa Jung Chang

Iqtisodiyotga tegishli boʻlgan kitoblardan ilk bor “Why Nations Fail” va “Gruziya muvaffaqiyatga qanday erishdi” kitoblarini oʻqigandim. Bugun Kembrij universiteti, iqtisodiyot fani oʻqituvchi professori Xa Jung Changning “Iqtisodiyot qanday tuzilgan” kitobini oʻqib tugatdim. Kitobda, jamiyatlar bugungi darajaga qanday yetib kelganligi tushuntirilgan. Iqtisodiy maktablarning bosqichma-bosqich shakllanishi, yanglish gʻoyalar, odamlar orasida shakllangan minglab notoʻgʻri tushunchalar va ularning oqibatlari haqida yozilgan. Bilamizki koʻpchilik, siyosatchilar va iqtisodchilarni yomon koʻrishadi. Ammo bugungi jamiyatlarning farovonligi aynan ularning sa’y harakatlari bilan bogʻliq. Chunki iqtisodiyot bu- hamma narsa.

Siyosiy va iqtisodiy institutlar va ularning tashkil topishi, siyosiy klassik iqtisod maktabi va boshqa bir qancha iqtisodiy maktablar, individualizm, bixeviorizm, sotsializm va kapitalizm, moliya tizimi, xalqaro savdo, proteksionizm, oligopoliya va monopoliya, kompaniyalarning lobbi harakatlari, 2008-yilgi iqtisodiy inqiroz, kambagʻallikni qisqartirish, immigratsiyaning foyda va zararlari va hokazolar haqida toʻliq va tushunarli ma’lumotlar berilgan. Mutaxasisligim iqtisodiyot boʻlganligi uchun kitob ancha tushunarli va foydali boʻldi. Ammo istardimki bunday kitoblarni har bir oʻzbek oʻqishi kerak. Chunki farovonlikka erishishning asosiy yoʻllaridan biri jamiyatdagi inson kapitalini koʻpaytirish, siyosiy va iqtisodiy bilimlarni oshirishdir deb oʻylayman. Kitobni iqtisodiyotga qiziquvchilarga tavsiya qilaman va yoqimli mutolaa tilab qolaman.


@book_and_review