Get Mystery Box with random crypto!

Bu mani xonam. Bolaligimdan bugungi kungacha shu xonada yashag | Kitob va Mulohaza

Bu mani xonam. Bolaligimdan bugungi kungacha shu xonada yashaganman. Qaygʻuli va baxtli kunlarimga guvoh boʻldi bu xona. Umrimning asosiy qismi shu toʻrt devor ichida oʻtdi. Oʻzimni anglashim va yolgʻiz qolishim uchun eng yaxshi joy edi man uchun. Qancha qancha kitoblar oʻqildi, filmlar koʻrildi, tuygʻular his qilindi. Bugun shu xonada oxirgi marta tunayapman. Ming xil oʻy keladi hayolimga. Ming xil xotiralarni eslayman. Bolaligim shu xona bilan bogʻlanganda axir. Ayriliq, ogʻir azob. Endi oʻylab qolaman, bir kun kelib, ajal yetganda, shunga oʻxshash ammo, allaqanday, ming karra kuchliroq bir tuygʻu ichida qolsam kerak. Umrimni tugatib, yorugʻ dunyoni tark etish, cheksiz dard va alamga solsa kerak.