Get Mystery Box with random crypto!

O'QISHGA KIRDIM! ENDI NIMA QILAY? 1. Agar sizga yaxshi baho k | 𝑩𝒐𝒏𝒋𝒐𝒖𝒓 𝒍𝒂 𝑭𝒓𝒂𝒏𝒄𝒆🗼

O'QISHGA KIRDIM! ENDI NIMA QILAY?

1. Agar sizga yaxshi baho kerak bo'lsa, buni yo'li faqat qattiq o'qish emas. Shunchaki o'qishni boshidanoq ustozlar bilan yaqin bo'lib, ko'ziga yaxshi ko'rinib baholarni yaxshilash usuliyam bo'lishi mumkin. Bu hamma univerdayam qo'l kelmaydi hozir system o'zgargan.

2. O'qishga kirdi degani endi muvaffaqiyatli degani emas. O'qishga kirishni hamma eplaydi lekin yana o'qishda, izlanishda davom eting. Doim aytadigan gapim: rivojlaning. Ertaga o'qishni bitirgandan keyin ish izlaaab yuradigan kamgina oylikka va sizga yoqmaydigan ish atmosferasiga ko'nib ishlaydigan oddiy ishchi bo'lmaslik uchun ham, kasbingizni eng zo'ri bo'lishga harakat qiling! Ustozlikka o'qiyapsizmi? Eng zo'ri bo'lish uchun nima qilish kerak bo'lsa, aynan hozir - o'qish davomida qiling. Keyin vaqt bo'lmaydi

3. 4 yil juda tez o'tadi. Qiz bola bo'lsangizkuu, 4 yilga ishonib ham bo'lmaydi. "Vay uydagilar bervorishdidaaa"gacha hamma o'qishni o'qib, best version of yourself bo'lib oling. Keyin uyda oooo'tirganda afsuslanmaysiz.

4. Pul tejayman deb nosog'lom narsalar yeb yurmang, pls . Men shunaqa edim birinchi kursda. Kontrakt kirganim uchun o'zimcha pul tejamoqchi bo'lib, nonushta va tushlikni bitta qilardim va usha bitta narsa ham kartoshka fries edi . Va abituriyentlikda og'rigan oshqozonim yana og'rib qolgan bu safar qattiq. 1 hafta uyda davolanganman. Shunaqa kasal orttirib doriga pul ketkazib yurmasdan, katta katta yeng! Foydali yeng. You are what you eat!

5. Universitetda iloji boricha ko'proq tanishlar orttirishga, universitet social hayotida faol bo'lishga, tadbirlar, darsdan tashqari narsalarga qatnashishga harakat qiling. Va GPA ya'ni umumiy baholaringiz yaxshi bo'lsin. Dekan, zamdekanlar bilan yaxshi bo'ling. Scholarshiplarga topshirganingizda sizga judayam kerak bo'ladi aytgan hamma narsam.

6. 1-kursdanoq scholarship, stipend, projectlar nima ko'rsangiz o'zingizni sinab ko'ravering. Ikkilanmang. Tajriba yig'asiz. Aynan hozir yuta olmassiz lekin tajriba degan qimmatbaho narsaga ega bo'lasiz. Xatolardan xulosa qilasiz

7. Til o'rganing. Birorta kerakli tilni. Uni o'rganishdan aniq maqsad bo'lsin sizda. Shunda osonroq bo'ladi. Hamma o'rganayotgani uchun o'rganmang. Qiziqqaningiz uchun va sizga nima uchundir kerakligi uchun o'rganing

Hammaga omad @marvaridga